Agrometeorologik byulleten

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrometeorologik byulleten — agrometeorologik sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har oʻn kunlikda gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik byulleten quyidagi boʻlimlardan iborat: 1) oʻn kunlikning gidrometeorologik xu-susiyatlari (havo va tuproq harorati, yogʻinlar, shamolning yunalishi va tezligi va hokazo); bunda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishiga qulay yoki noqulay sha-roitlar — qorasovuq, garmsel, shoʻzonli boʻron va hokazo alohida qayd qilinadi; 2) ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi hamda mollarni oʻtlatishning agrometeo-rologik sharoitlari. Bu bulimda asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari (ayniqsa, gʻoʻza)ning ri-vojlanish sur’atlari, ularning namlik bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi, ekinzorlar holatiga baho be-riladi. Agrometeorologik byulleten Oʻzbekistonda 1927-yildan bosh-lab nashr etiladi. 1930-yildan muntazam chiqarila boshladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil