Agrokimyoviy tahlil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrokimyoviy tahlil — laboratoriya sharoitida oʻsimlik, yem-xashak, tuproq, oʻgʻit, pestitsid va boshqalarning kimyoviy tar-kibini aniqlash. Agrokimyoviy tahlil agrofizik, mikro-biologik tadqiqotlar bilan birga tuproq unumdorligini oshirishga bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilishga yordam beradi. Oʻgʻitlarni qoʻllash, almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, oʻsimliklarni sugʻorish rejimi va boshqalarni oʻrganish yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazilganda tuproq va oʻsimliklarni Agrokimyoviy tahlil qilish orqali ularda sodir boʻlgan sifat va miqdor oʻzgarishlarini aniqlash mumkin. Oʻsimliklar tahlili oʻsimlik bilan tuproq, oʻsimlik bilan oʻgʻit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganish uchun za-rur usuldir. Oʻsimlikning vegetativ organlari va hosili tarkibidagi azot, fos-for, kaliy va boshqa oziq elementlarining miqdorini tahlil kilish tuproqdagi oziq moddalarning hosil bilan chiqib ketgan miqdorini aniqlashga yordam be-radi. Tuproqdagi oziq moddalarning chiqib ketgan miqdori oʻgʻitlarning asos-langan meʼyorlarini belgilashda juda muhim. Bundan tashqari, bu maʼlumotlar tuproqni tahlil qilish bilan birga tuproq — oʻsimlik tizimida oziq moddalar ba-lansini hisoblashda ham zarur. Odatda koʻpincha oʻsimliklarda quyidagilar: azot, oqsil, aminokislotalar, fosfor, mineral va organik fosfatlarning umu-miy miqdori hamda ularning eng muhim tuzlari, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir, bor, marganes, mis, molib-den, rux, kobalt, yod va boshqa aniqlanadi. Oʻsimliklar Agrokimyoviy tahlil oʻsimlik xom ashyosi (materiali)ni quruq hamda hoʻl kuydirish orqali amalga oshiriladi. Quruq kuydirishda kul elementlarining umu-miy miqdori aniqlanadi, kulni erit-maga oʻtkazib, bir qator elementlarni aniqlash mumkin boʻladi. Hoʻl kuydirishda oʻsimlik xom ashyosini vodorod peroksid yoki perxlorat kislota — oksidlovchi hamda katalizatorlar (selen, rux kukuni va boshqalar) ishtirokida sulfat kislota bilan parchalash usuli eng koʻp qoʻllaniladi. Bunday usulda bir yoʻla oʻsimliklarning barcha oziq moddalari — azot, fosfor, kaliy va boshqa miqdorini ham aniqlash mumkin. Oʻsimlikdagi azotning umumiy 160miqdori Keldal yoki Keldal — Iodlbauer usuli bilan aniqlanadi. Bu usul oʻsimlik xom ashyosini konsentrlangan sulfat kislota yoki sulfat kislo-taning fenol bilan aralashmasi yordamida parchalab, keyinchalik haydash orqali azot birikmasini aniqlashga asoslangan. Oʻsimlik quruq yoki hoʻl kuydirilganda undagi fosfor kalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bunda fosfat ionlarining kaliy xlorid ishtirokida ammoniy molibdat bilan rangli (havo-rang) birik-ma hosil kilish xususiyatidan foyda-laniladi. Oʻsimlikdagi kalsiy va magniy miqdori kalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, oʻsimlik hoʻl kuydirilgandan soʻng undagi kalsiy, magniy, kaliy va natriy miqdorini alangali fotometriya usuli bilan oson hamda tez aniqlash mumkin. Oʻsimliklar Agrokimyoviy tahlil ida alangali fotometriya, spektrome-triya va polyarografiya usullaridan keng foydalaniladi. Oʻsimliklar tahlili ularning oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlashda tobora keng qoʻllanilmoqda. Keyingi vaqtda yangi uzilgan oʻsimlik namunasi tarkibidagi mineral oziq moddalar miqdorini aniqlash keng tarqaldi. Dala sharoitida oʻsimlik sharbati tarkibidagi oziq elementlarining kimyoviy tahlili yoki uning kes-malarida kuzatiladigan mikroreaksiya orqali oʻsimliklar oziqlanishini na-zorat qilishning bir qator usullari ishlab chiqilgan. Oʻsimliklarning azot bilan oziqlanishini aniqlashda Davtyan usuli, Magnitskiyning soddalashtirilgan kimyoviy tahlil usuli, Serlingning oʻsimliklar kesmalarida nitratlar, am-miak, fosfor va kaliyni aniqlash usuli va boshqa shular jumlasidandir. Oʻgʻitlar tahlili oʻgʻit tarkibida oʻsimlik oʻzlashtira oladigan oziq elemen-ti miqdori, oziq elementining umumiy miqdori, turli qoʻshimchalarning mavjudligi, suv miqdori, oʻgʻitlar reaksiyasi, oʻgʻitlarning fizik xususiyatlari va sochiluvchanligi hamda oʻgʻitlar donadorligi (granulasi)ning mustahkamligini aniqlashda qoʻllaniladi. Azotli oʻgʻitlar tahlili ammiakni formalin biriktirib, organik birikma — geksametil-tetramin hosil qilishiga va ajralib chiqqan kislotani titrlashga asoslangan. Ammiak va nitratli oʻgʻitlar suvli erit-masining tahlili xuddi oʻsimliklarda umumiy azot miqdorini aniqlagandek, ishqor yordamida haydash usuli bilan oʻtkaziladi. Fosforli oʻgʻitlar tahlili tegishli erituvchi yordamida fosfat kis-lotani ajratib olib, R2O5 miqdorini aniqlashdan iborat. Oʻgʻitlar tarkibiga qarab turli erituvchilar qoʻllaniladi. Hosil qilingan eritmalarda P2OSni ishqoriy muhitda magnezial eritma bilan magniy ammoniy fosfatning ikkilamchi tuzi holida choʻktirib (Betxer — Vagner usuli) yoki ammoniy fosfat, molibden oksidi va suvdan iborat kompleksli tuzni molibdat ammoniy bilan choʻktirib (Lorens usuli) aniqlash mumkin. Kaliy-li oʻgʻitlar tahlili kaliyni eritmadan natriy kobaltnitrit hamda perxlorat kislota yoki geksaxloroplatinat kislota yordamida choʻktirish usuli orqali amalga oshiriladi. Tanlab olingan tahlil usuliga kura kaliy ogʻirlik yoki hajmiy usulda aniqlanadi. Tuproqning agrokimyoviy tavsifi uchun suvda eriydigan tuzlar tahlili, umumiy chirindi, yalpi azot, fos-for hamda azot, fosfor va kaliyning harakatchan birikmalari miqdori, alma-shinish sigʻimi va undagi singdirilgan asoslar tarkibi kabi maʼlumotlar zarur boʻladi (qarang Tuproq tahlili).Ad.: Metodi agroximicheskix anali-zov pochv i rasteniy Sredney Azii, T., 1977.Maʼruf Toshqoʻziyev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil