Agroiqlimiy rayonlashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agroiqlimiy rayonlashtirish — hududni agroiqlimiy sha-roitlarning oʻxshashligi va tafovutiga hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi xususiyatlariga qarab izchil rayonlarga boʻlish. Agroiqlimiy rayonlashtirish ekinlarni joylashtirish hamda ularni turli iqpimiy rayonlarda yetish-tirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydigan iqlim resurslarini differensial baholash orqali ilmiy asoslab beradi (qarang Iqlim boniteti). Agroiqlimiy rayonlashtirish aniq iqlimiy rayonlashtirish asosida oʻtkaziladi va ayni paytda umumiy tabiiy-geografik rayonlashtirishning qishloq xoʻjaligi ga oid qismi hisoblanadi. Agroiqlimiy rayonlashtirishning umumiy va xususiy turlari bor. Umumiy rayonlashtirish hududni iqlimning qishloq xoʻjaligi uchun muhim boʻlgan asosiy xususiyatlariga qarab boʻlishni hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan rayonlarni ajratishni oʻz ichiga oladi. Hududni xususiy (ixtisoslashtirilgan) rayonlashtirish qishloq xoʻjaligi ish-lab chiqarishiii ixtisoslashtirish bilan bogʻliq boʻlgan aniq masalalarni hal qilish uchun oʻtka-ziladi. Agroiqlimiy rayonlashtirish muayyan hududdagi tuproq va iqlim omillarini hisobga olgan holda issiqlik, yorugʻlik va namlik resurslarini baholash asosida olib boriladi. Oʻrta Osiyo mintaqasi gʻoʻzaga nisba-tan agroiqlimiy jihatdan rayonlashtirilgan. Bu rayonlashtirishga gʻoʻza hosilining yetilishi uchun zarur boʻlgan 10° dan yuqori musbat haroratlar yigʻindisi asos qilib olingan. Chunonchi, temperatura yigʻindisi 4000°ni ifodalovchi izochiziq (bir xil qiymatlarni tu-157tashtiruvchi chiziq) ertapishar, 4400° li izochiziq oʻrtapishar oʻrta tolali, 4900° li izochiziq ingichka tolali gʻoʻza navlari ekilishi mumkin boʻlgan rayonlarning shimoliy chegaralarini ifoda etadi. Oʻzbekiston hududi 12 asosiy agroiqpimiy zonaga boʻlinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil