Agamalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agamalar (Agama) – agamasimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. Tanasi yassi, boshi uchburchak shak-lda, dumi silindrsimon yoki ikki yondan bir oz siqilgan. Tanasi xilma-xil rangda, ayniqsa erkaklari rang-barang bo‘ladi. A.ning 70 ga yaqin turi ma’lum. Afrika, Janubi-G‘arbiy va Markaziy Osiyoning ochiq dasht, cho‘l va toshloq tog‘li hududlarida tarqalgan. Ayrim turlari Janubi-Sharqiy Yevropada ham uchraydi. O‘zbekistonning daryo vodiylari va cho‘llarida cho‘l agamasi, ya’ni kunqarg‘ar (Agama sangyinalenta), tog‘li hududlarida Turkiston agamasi, ya’ni toshkaltakesak (Agama lohmanni), Kavkaz agamasi (Agama caucasia), Himolay agamasi (Agama himalayana), Pavlovskiy agamasi (Agama pawlowskii) tarqalgan. A. har xil hasharotlar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘poyoqlilar va mayda kaltakesaklar, shuningdek yashil o‘simliklarning guli, 147barglari va mevasi bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil