Agal (bosh uchun aksesuar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agal ( arabcha: عِقَال  ; ba'zi manbalarda esa iqal, egal yoki igal deb ham yoziladi ) arabchaerkaklar liboslarining aksessuari. Bu to'qilgan qora rangdagi shnur bo'lib, ikki marta kiyiladi, g'utrani kiygan kishining boshida ushlab turish uchun ishlatiladi. [1] U an'anaviy tarzda echki junidan qilingan. [2]

Odatda ushbu xalq: Arabiston yarim oroliaholisi, Iroq, Iordaniya, Misr, Falastin va Suriyaning bir qismidagi odamlar (masalan, Falastindagi Negev, Suriyadagi Dayr-az-Zor va Xauran, Misrdagi Sinay va Ash Sharqiya ) aholisi ko'p yillardan buyon mana shu bog'ichni kiyadilar. Agalni Erondagi Ahvaziy arablar ham kiyishadi.

Bobillik odamning bosh haykali (taxminan miloddan avvalgi 8-asr oxiri - 7-asr boshlari), keffiya va agalga o'xshash kiyim kiygan, Metropoliten muzeyi, Nyu-York

Agal va gutradan dastlabki foydalanish qadimgi davrlarga tarixiga oid barelyeflar va haykallar yoki haykalchalar jumladan, eng qadimiy asarlar orqali yoki qo'l yozmalar orqali ham aniqlangan. Qafimgi arab obidasi hisoblangan Agal Semit [3] va Yaqin Sharq tsivilizatsiyalarida eski Bobil artefaktlari, masalan, Elam tangalari [4] va raqamlar va hatto qadimgi Arab shohliklarida ham kuzatilgan. Arxeolog va elamolog Ernst Gertsfeld o'zining "Qadimgi Sharqda Eron" kitobida Suza bas-releflariga murojaat qilib, qadimgi agalni boshqa xalqlardan ajratib turuvchi elamliklarning noyob bosh kiyimi sifatida ko'rsatadi.

Bunga qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oxford English Dictionary. Second Edition, 1989.
  2. Merriam-Webster definition, online edition
  3. Walther Hinz, Lost World of Elam, pp. 20-21: In referring to dark-skinned Susa in a bas-relief wearing agal: "These must be Elamites from the hinterland. Even today dark-skinned men, in no way negroid, are often to be seen in Khuzistan. They consider themselves for the most part as 'Arabs', and speak 'Arabic' among themselves. It seems likely that the population even of Ancient Elam was a mixed one, consisting of dark-skinned aboriginals of uncertain race and of 'Semites', who had infiltrated from Mesopotamia in repeated incursions since the Akkad period".
  4. „Elamite coins“. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.