Kontent qismiga oʻtish

Afsun

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Afsun (arabcha -maftun qilish, sehr, avrash) – voqealarning tabiiy jarayoniga moʻjizaviy taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan soʻzlar, iboralar yigʻindisi. Afsun qadimgi dinlarning, ayniqsa, sehrgarlikning ajralmas qismi boʻlgan. Afsunga baloni daf etish, yo baloga giriftor qilish, xastalikdan shifo topish, omadga yor boʻlish va hokazo usuli deb qaralgan. Afsun qiluvchilar sehrgar yoki afsungar deb atalgan[1].

  1. „Afsun“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil