Kontent qismiga oʻtish

Afro-Osiyo Millatlar Kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afro-Osiyo Millatlar Kubogi
Hudud Afrika
Osiyo
Hozirgi chempionlar  Yaponiya (2007)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar)  Yaponiya (2 ta sovrin)

Afro-Osiyo Millatlar Kubogi, shuningdek, OFK Osiyo/Afrika Challenge Cup deb ham ataladi. Turnir Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan maʼqullangan qitʼalararo futbol musobaqasi boʻlib, ushbu konfederatsiyalar vakillari oʻrtasida (odatda Afrika Millatlar Kubogi gʻoliblari va OFK Osiyo kubogi yoki Osiyo oʻyinlari gʻoliblari oʻrtasida) oʻtkaziladi. Barcha turnirlar CAF va OFK[1] va bilvosita FIFAning rasmiy musobaqalaridan biti edi[2]. FIFA nizomiga koʻra, rasmiy musobaqalar FIFA yoki istalgan konfederatsiya tomonidan tashkil etilgan vakillik jamoalari uchundir. Yaponiya 2 ta chempionlik bilan tunirning eg muvaffaqiyatli jamoasi hisoblanadi.

1978-yilda Eron Ganani 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan birinchi musoboqada kubok berilmagan: chunki javob uchrashuvi Erondagi siyosiy muammolar tufayli bekor qilingan. 1989, 2005-yilgi turnirlar bekor qilingan. 1997-yilgi musoboqa 1999-yilda oʻtkazilgan, 1999-yilgi (Misr va Eron oʻrtasidagi) turnir ham bekor qilingan.

Musobaqa 2000-yil 30-iyulda CAF qaroriga koʻra, OFK vakillari 2006-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda Janubiy Afrikani emas, Germaniyani qoʻllab-quvvatlaganidan keyin toʻxtatilgan. Musobaqa 2005-yilda Tunis – Yaponiya oʻyini bilan qayta tiklanishi kerak edi, ammo tunir yana bekor qilingan. Biroq kubok 2007-yilda „OFK Osiyo/Afrika Challenj kubogi“ nomi ostida qayta tiklangan. 2008-yilgi oʻyin 2008-yilning noyabr oyida Iroq va Misr oʻrtasida Saudiya Arabistonida neytral maydonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo oxir-oqibat bekor qilingan.

Natijalar va statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mezbonlar Final
1-jamoa Xol 2-jamoa
1978-yil Eron Eron
Eron
3-0
Gana
Gana Gana Bekor qilingan [n 1]
1985-yil Kamerun Kamerun
Kamerun
4-1
Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 1-2
1987-yil Qatar Qatar
Janubiy Koreya
Janubiy Koreya1-1 (q.v)
(4-3

Misr
1991-yil EronEron
Eron
2-1
Jazoir
Jazoir Jazoir 0-1
1993-yil Yaponiya Yaponiya
Yaponiya
1-0 (q.v) )
Kot-dʼIvuar
1995-yil Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Oʻzbekiston
2-3
Nigeriya
Nigeriya Nigeriya 0-1
1997-yil Janubiy Afrika Janubiy Afrika
Janubiy Afrika
1-0
Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 0-0
2007-yil Yaponiya Yaponiya
Yaponiya
4-1
Misr

Eng muvaffaqiyatli terma jamoalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin
 Yaponiya 2 (1993, 2007)
Kamerun bayrogʻi Kamerun 1 (1985)
 Janubiy Koreya 1 (1987)
 Jazoir 1 (1991)
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya 1 (1995)
 Janubiy Afrika 1 (1999)
 Saudiya Arabistoni
2 (1985, 1999)
 Misr
2 (1987, 2007)
 Eron
1 (1991)
Kot d'Ivuar bayrogʻi Kot-d'Ivuar
1 (1993)
 Oʻzbekiston
1 (1995)

Konfederatsiya boʻyicha natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Konfederatsiya Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin
CAF 4 (1985, 1991, 1995, 1997) 3 (1987, 1993, 2007)
OFK 3 (1987, 1993, 2007) 4 (1985, 1991, 1995, 1997)
  1. The second leg of the 1978 Afro-Asian Cup of Nations between Ghana and Iran was cancelled due to the Iranian Revolution. In the first leg, Iran beat Ghana 3-0.
  1. „Ahmad Ahmad confident that Afro-Asian Cup will return“. espn.com. Ed Dove (2018-yil 3-fevral).
  2. „Afro-Asian Cup of Nations“. FIFA World Football Museum (2019-yil 11-noyabr). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan.