Afrikani sanoatlashtirish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afrikaning sanoat markazlaridan biri

Afrikani sanoatlashtirish kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarda: inglizcha: Africa Industrialization Day, ispancha: Día de la Industrializacion de Africa, fransuzcha: Journée de l’industrialisation de l’Afrique) — 1990-yildan beri har yili 20-noyabrda nishonlanadi. Afrikani sanoatlashtirishda xalqaro hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan (A/RES/44/237 sonli rezolyutsiyasi).

Rezolyutsiya Afrika sanoatini rivojlanishining ikkinchi o‘n yilligini amalga oshirishga bag‘ishlangan.

2005-yilda Afrikani sanoatlashtirish kuni munosabati bilan BMT Bosh kotibi qilgan o‘z murojaatida boy mamlakatlarning o‘z bozorlariga kirishdagi cheklovlariga eʼtibor qaratdi. Kam rivojlangan mamlakatlardan eksportga cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi. Murojaatda, shuningdek, Afrika davlatlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi zarurligi qayd etilgan.

Afrikani sanoatlashtirish kunining yillik mavzulari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2016-yil — Afrikani sanoatlashtirishni moliyalashtirish: muammolar va muvaffaqiyatli strategiyalar
  • 2015-yil — „Kichik va oʻrta korxonalarning qashshoqlikka barham berish va ayollar va yoshlar uchun ish oʻrinlarini yaratishdagi roli“
  • 2014-yil — „Inklyuziv va barqaror sanoatni rivojlantirish: oziq-ovqat xavfsizligi uchun agrosanoatni rivojlantirish“
  • 2013-yil —
  • 2012-yil — „Afrika mamlakatlari oʻrtasidagi savdoni rivojlantirish uchun sanoatlashtirishni jadallashtirish“
  • 2011-yil — „Sanoatni jadal rivojlantirish uchun barqaror energiya“
  • 2010-yil — Afrika rivojlanishidagi raqobatbardosh sanoatlar
  • 2009-yil — „Integratsiya nomi bilan sanoatlashtirish“
  • 2008-yil — „Barqaror oʻsish va rivojlanish uchun xom ashyoni qayta ishlash“
  • 2007-yil — „Sanoat uchun texnologiya va innovatsiya — odamlarga sarmoya kiritish kelajakka sarmoya kiritish demakdir“ „Sanoat uchun texnologiya va innovatsiya — odamlarga sarmoya kiritish kelajakka sarmoya kiritish demakdir“
  • 2006-yil — Barqaror sanoatni rivojlantirish orqali qashshoqlikni kamaytirish
  • 2005-yil — „Barqaror bozorga kirish uchun Afrikaning raqobatbardoshligini taʼminlash“

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]