Aforizmlar (Navoiy) (1941)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Aforizmlar (Navoiy) (1941)
Muallif Alisher Navoiy
Janr hikmatli soʻzlar
Nashriyot „OʻzFan nashriyoti“
Nashr etilgan sanasi 1941
Sahifalar soni 98

„Aforizmlar (Navoiy)(1941)“Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Solih Mutallibov nashrga tayyorlagan. Asar 1941-yil Toshkent shahrida „OʻzFan nashriyoti“da chop etilgan.

1941-yil Navoiy hikmatli soʻzlari toʻplami birinchi marotaba nashr qilingan. Ushbu Toʻplamga Navoiyning „Hamsa“, „Mahbub ul-qulub“, „Chor devon“, „Nazmul-javohir“, „Lison ut-tayr“ va boshqa asarlarida keltirilgan hikmatli soʻzlar kiritilgan.

Kitob kirish soʻzi OʻzFan til, adabiyot va tarix instituti tomonidan yozilgan. Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Izzat Sultonov – masʼul muharrir, Iskandar – rassom. Hikmatli soʻzlarni Navoiy asarlaridan tanlab olib, jam qilishda: A. Azizov, S. Ibrohimov, Z. Xolmatov, M. Ishoqov, A. Mutallibov, S. Mirzayev, S. Mutallibovlar ishtirok etgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]