Afgʻonistonda taʼlim
Afgʻonistonda taʼlim — mamlakatdagi K–12 va oliy taʼlim tizimini qamrab oladi[1]. Mazkur soha Afgʻoniston taʼlim vazirligi hamda Afgʻoniston oliy taʼlim vazirligi tomonidan tartibga solinadi[2]. 2021-yil holatiga koʻra, Afgʻonistonda qariyb 10 million nafar oʻquvchi-talabalar va 220 000 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritgan[3][4]. Shunga qaramay, mamlakatda hamon yangi maktablar va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda[5][6][7].
2021-yil avgust oyida Tolibon hokimiyatga kelganidan soʻng, qizlar uchun oʻrta taʼlim olish taqiqlandi. Biroq ayrim provinsiyalarda qizlar uchun oʻrta maktablar hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda[8][9]. 2022-yil dekabr oyida Tolibon maʼmuriyati ayollar uchun oliy taʼlim olishni ham chekladi, bu qaror xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralandi[10][11]. 2023-yil dekabrida BMT barcha yoshdagi qizlarning diniy maktablarda tahsil olishi mumkinligi haqidagi xabarlarni oʻrganishga kirishdi[12]. 2024-yil noyabr holatiga koʻra, mamlakatning ayrim hududlarida ayollarga diniy taʼlim maskanlarida stomatologiya va hamshiralik kabi yoʻnalishlarda oʻqishga ruxsat berilgan[13].
Taʼlim vaziri Noorullah Munirning maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistondagi 20 000 ta rasmiy maktabning 9 000 tasi yaroqsiz holatda, 5 000 tasining binosi mavjud emas, qolgan 4 000 tasi esa kapital taʼmirlashga muhtoj[14][15]. Mamlakatda majburiy taʼlim toʻqqizinchi sinfgacha etib belgilangan boʻlib, oʻquv yili ikki semestrdan iborat (martdan yanvargacha)[16]. 2021-yilgi hokimiyat almashinuvidan soʻng Afgʻoniston Islom Amirligi rasmiylari oʻsmir qizlar uchun oʻrta taʼlimni toʻxtatib qoʻydi[14][17][18].
2001-yilda Tolibon rejimi agʻdarilgach, taʼlim tizimida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan edi. 2001-yilda maktabga boruvchilar soni 1,2 million kishini (shundan 50 000 nafardan kamrogʻi qizlar) tashkil etgan boʻlsa, 2013-yilga kelib bu koʻrsatkich 8,2 millionga (3,2 million nafari qizlar) yetdi[19]. 2017-yilda qizlarning maktabga jalb etilish darajasi 39% ni tashkil etdi (2003-yilda 6%). Savodxonlik darajasi 2001-yildagi 8% dan 2021-yilda 43% gacha koʻtarildi[20].
Afgʻonistondagi yirik universitetlar sirasiga Kobul universiteti, Kobul politexnika universiteti, Al-Beruniy universiteti, Kardan universiteti, Balx universiteti, Hirot universiteti, Nangarhor universiteti, Shayx Zayd universiteti, Qandahor universiteti, Bost universiteti, Paktiya universiteti, Qunduz universiteti, Badaxshon universiteti va Gʻazni universiteti kiradi. Afgʻoniston Amerika universiteti 2021-yildan buyon faoliyatini toʻxtatgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Education System Afghanistan“. Nuffic (2015-yil yanvar). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Afghanistan's Ministry of Higher Education“. Qaraldi: 2021-yil 5-may.
- ↑ „Ghani sees threat to Afghanistan's education system“. Pajhwok Afghan News (2021-yil 5-may). Qaraldi: 2021-yil 5-may.
- ↑ „Karzai Calls for Reopening of Girls' Schools“. TOLOnews (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ „Not a single school in 6 districts of Kandahar“. Pajhwok Afghan News (2021-yil 25-aprel). Qaraldi: 2021-yil 5-may.
- ↑ „100 schools lack buildings in Logar“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Nuristan: 30 schools without buildings in Barg-i-Matal“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
- ↑ „Afghanistan: Six provinces keep schools open for girls despite nationwide ban“. AmuTV (2023-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
- ↑ Neda Safi, Tooba „Girls return to high school in some regions of Afghanistan“. Geneva Solutions (2023-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
- ↑ „Afghanistan: Taliban ban women from universities amid condemnation“. BBC News (2022-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.
- ↑ „Taliban prohibit university educations for Afghan women in latest revocation of rights“. France 24 (2022-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.
- ↑ „UN is seeking to verify that Afghanistan's Taliban are letting girls study at religious schools“ (en-US). The Seattle Times (2023-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-dekabr.
- ↑ „Taliban seeks international aid for Afghanistan's reconstruction“ (en). South China Morning Post (2024-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-noyabr.
- 1 2 „'Cultural restraint main reason behind closure of girls' schools'“. Pajhwok Afghan News (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
- ↑ „Officials: Girls' Schools Closed Due to 'Cultural Constraints'“. TOLOnews (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
- ↑ „Education System Afghanistan“. Nuffic (2015-yil yanvar). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Girls' Schools Closed for 'Religious Issues': Mujahid“. TOLOnews (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „'It's our system': Taliban leader hits out at foreign demands on Afghan regime“ (en). The Guardian (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
- ↑ Successes and challenges in Afghan girls' education (Wayback Machine saytida 23 November 2018 sanasida arxivlangan). BBC News. 11 October 2012.
- ↑ „Counting the costs of America's 20-year war in Afghanistan“. AP NEWS (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 6-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Afgʻonistonda taʼlim“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |