Kontent qismiga oʻtish

Afgʻon Hound—it zoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Afgʻon Hound — ovchi it zoti. Salyukiga o‘xshaydi, lekin juni qalinroq. Birinchi marta XIX asr oxirida Hindiston-Afg‘oniston chegarasida xizmat qilgan ingliz zobitlari tomonidan G‘arbga olib kelingan. Itning yelka balandligi taxminan 70 santimetr bo‘lib, uzun, ipakdek mayin junlari bor[1].

  1. Parker, Heidi G.; et al. (2004). „Genetic structure of the purebred domestic dog“. Science. 304-jild, № 5674. 1160–1164, p. 1161 and fig. 2-bet. Bibcode:2004Sci...304.1160P. doi:10.1126/science.1097406. PMID 15155949.