Affon ibn Muslim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Affon ibn Muslim
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Affon ibn Muslim — (VIII-IX asrlarda yashagan) Muhaddis olim.

Affon ibn Muslim Bagʻdodlik eng ishonchli muhad­dislardan boʻlgan. Manbalarda keltirilishicha, Bagʻdodda 748-yildan keyin tavallud topgan. Oʻz davrining mashhur roviylaridan, tabaʼa tobiʼiynlardan hadis eshitgan. Imom Shuʼbiy, Hishom Dastavoiy, Hammod ibn Salama va boshqalar uning ustozlaridan hisoblangan. Ahmad ibn Hanbal, Hilol ibn Aʼlo, Hanbal ibn Ishoq, Abu Zaraʼ Damashqiy va boshqalar muhaddislar Affon ibn Muslimdan hadis rivoyat qilishgan. Affon ibn Muslim haqida Imom Ahmad Ajaliy: "Affon ibn Muslim ishonchli muhaddislardan b-b, sohibi „Sunna“ boʻlgan" deydi. Yaqub ibn Shuʼba bunday dedi, Ibn Muindan eshitdim: „Hadis sohiblari besh kishi ular Molik, Ibn Jurayh, Imom Savriy, Shuʼbiy, Affon“ dedi. Affon ibn Muslim haqiqatda yuqorida taʼkidlanganidek, ishonchli va parhezkor muhaddislardan boʻlib, sunnatni mustahkam ushlaganligi u-n sohibi sunna deb eʼtirof etilgan. Affon ibn Muslim haqida Abu Hotam: „Affon ibn Muslim eng ishonchli, ittifoq qilingan muhaddis“ boʻlganligini aytib oʻtgan. Affon ibn Muslim Abdulhamid Keshiyning asosiy ustozlaridan biri boʻlgan. Affon ibn Muslim 835-yilda vafot etgan.[1]




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Умаров Ш.Х. Абдулҳамид Кеший ҳаёти ва илмий мероси. – Б. 38.