Kontent qismiga oʻtish

Aetsiy Flaviy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aetsiy Flaviy (taxminan 390—454. 21.9, Rim) — sarkarda, Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi himoyachilaridan biri. 425-yil Aetsiy Flaviy gunn jangchilari koʻmagida Gʻarbiy Rim imperiyasining oliy rahbarlik lavozimlarini egallashga erishgan: bir necha bor konsul etib saylangan, patrisiy unvonini olgan. Aetsiy Flaviyning mavqeini pasaytirish maqsadida imperatritsa Galla Platsidiya Afrikadagi qoʻshinlar qoʻmondoni Bonifatsiyni Italiyaga chaqirtirib olgan. Shunga qaramasdan 432-yil Aetsiy Flaviy imperiya qoʻshinlari bosh qoʻmondoni lavozimini egallagan. 450-yil gunnlar bilan Aetsiy Flaviyning yaxshi munosabatlari buzilgan. 451-yil Katalaun jangida Aetsiy Flaviy boshchiligida germanlar va alanlardan tashkil topgan qoʻshin vestgotlar koʻmagida Attila qoʻmondonligi ostidagi gunnlar ustidan gʻalaba qozongan. Aetsiy Flaviy imperatorning qizi Yevdokiyani oʻgʻliga olib bsrishga harakat qilgani uchun imperator Valentinian 111 tomonidan Palatin tepaligidagi qabul marosimida oʻldirilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil