Aerozol generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerozol generatori — ter-momexanik va mexanik usullarda aero-zollar hosil qilish hamda ularni pur-kash mashinasi. Bog, oʻrmon va dalalarda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek omborlar va issiqxonalar, chorvachilik binolarini dorilashda ishlatiladi. Veterinariya amaliyotida Aerozol generatoridan dezinfeksiyalovchi, insektitsid va vaksina aerozollari hosil qilishda foydalaniladi. Ter-momexanik usulda ish suyukligi avval qizdiriladi, soʻngra havo oqimi uni mayda zarrachalarga parchalaydi. Mexanik usulda esa ish suyuqligi faqat havo oqimi taʼsirida parchalanadi. Ish vaqtida Aerozol generatori avtomobil kuzovi, traktor yuk tirkamasi, ot arava va boshqada olib yuriladi. Baʼzi Aerozol generatori purkagichlgr, changlatgichlar bilan birga ishlatiladi. Zaharli dori eritmasini aerozol moslamasi yorda-mida ham purkash mumkin. Bunda changla-gich-purkagichning purkagich qismiga aerozol moslamasi oʻrnatiladi, apparatda maxsus soʻrgʻich orqali soʻrilgan havo rezervuardan dorini ergashtirib, doza-torga haydaydi. Dozatorda hosil boʻlgan emulsiya uchlik orqali mayda zarracha holida oʻsimlikka purkaladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil