Aerolotsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerolotsiya (aero… va gollandcha loodsen — kemani olib yurish) — havo yoʻlining mukammal tafsiloti (xaritasi). Shturmanning, shturmansiz uchish apparatlarida esa uchuvchining xatarsiz va adashmay uchishini taʼminlash uchun tuziladi. A. havo yoʻlining iqlim va tabiiygeografik tafsilotini, samolyotdan koʻrinadigan moʻljallarning tafsilotini, aerodrom, qoʻnish maydonlari va meteorologik stansiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil