Aerogeologik sʼyomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aerogeologik s’yomka – foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, yer sun’iy yo‘ldoshi yordamida yer yuzini suratga olish yoki uning tuzilishmni bevosita kuzatishga asoslangan. Aerogeologik sʼyomka ishlari 3 davrga bo‘linadi: tayyorgarlik, dala ishlari va laboratoriya ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari o‘rganilishi kerak bo‘lgan joyning geologik s’yomkasi o‘tkaziladi, yer yuzasining tuzilishi, yer yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, yer po‘stila sodir bo‘lgan darzliklar o‘rni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning bor-yo‘qligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual ku-zatishlar va yer ustida geologik tekshi-rishlar o‘tkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha ma’lumotlar umumlashtirilib, geologik harita tuziladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil