Aeratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aeratsiya (yun. aero..) – 1. Suv A.i – suvni havo kislorodi bilan to‘yintirish. Vodoprovod suvini tozalash inshootlarida suvdagi temir gidrooksidni, erkin karbonat angidridini, vodorod sulfidin chiqarib yuborish hamda suvning sifatini yaxshilash; oqova suvlarni biologi k tozalash inshootlarida (aerotenk, aerofiltr, biofiltrlarda) mikroorganizmlarning yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida A. amalga oshiriladi. 2. Bino A.si – bino ichi va tashqarisidagi havo zichliklari orasidagi farq hisobiga va shamolning bino devoriga hamda ustyopmasiga ta’siri hisobiga amalga oshadigan tabi-iy-tashkiliy havo almashinish. Ortiqcha issiqligi bo‘lgan sanoat binolari va sexlar (temirchilik, quymachilik, pro-kat va boshqalar)da qo‘llaniladi. Binolardagi ortiqcha issiqlikning energiya sarfla-may turib almashinishiga imkon beradi. Bino A.sida deraza yoki tirqish orqali binoning pastki qismiga kelgan tashqi havo issiq va ifloslangan havoni binoning yuqori qismidagi tirqish (aeratsiya fonari)dan siqib chiqaradi. Yilning sovuq davrlarida xizmatchilar shamol-lamasligi uchun havo poldan kamida 4 m balandlikdagi tirqishdan kiritiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil