Adrov daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adrov daryosi
Tavsif
Uzunligi 75
Suv sarfi 4,4 m³/s
Davlat Belarus
Adrov daryosi

Adrov (belaruscha: Адро́ў) — Vitebsk viloyatining Orshan, Sennen va Tolochin tumanlaridan oqib oʻtuvchi daryo, Dneprning oʻng irmogʻi hisoblanadi. Ayrim manbalarda Odrovka daryosi deb ham nomlanadi[1].

Nomining kelib chiqishii[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adrov daryosining nomi qadimgi hind-yevropa tilllari asosidagi *adro- „suv oqimi, oqim“, *u̯od-r- „suv“ soʻzidan kelib chiqqan[2][3][4].

V. N. Toporov va O. N. Trubachevning fikriga koʻra, Adrov nomi Boltiq tillariga borib taqalishi mumkin. Soʻz boshidagi A unlisining ikkilamchi kelib chiqishi taxmin qilinadi. Bu nom drava „bort“ yoki drūtas „kuchli“ soʻzlari bilan qiyoslanadi[5].

Fiziografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo uzunligi 75 km. Suv toʻplash maydoni 676 km². Daryo quyilishida suv sarfining oʻrtacha yillik sarfi 4,4 m³/s.ni tashkil qiladi. Suv sathining oʻrtacha qiyaligi 0,9 % ni tashkil qiladi.

Daryo shahar janubiy chekkasida joylashgan, Orshan tumani, Dubnitsy qishlogʻi yaqinidagi meliorativ ariqdan boshlanadi.

Asosiy irmoqlari: Kamenitsa, Dernovka, Sokolyanka, Baran (barchasi oʻngda).

Daryo Orshan tepaligi boʻylab oqadi. Orshan tepaligidan vodiy koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Daryo oqimi Pogost qishlogʻigacha choʻzilgan boʻlib, oqim shakli trapetsasimon, daryoning quyiroq qismlarida hovuzsimon shakl hosil qilib harakatlanadi. Daryo oqimi kengligi 0,6-0,8 kmni tashkil qiladi. Yassi sohillari daryo oʻzaning ikkila tomoni boʻylab choʻzilgan. Ularning kengligi 0,1-0,3 kmni tashkil qiladi. Daryoning 12,5 km uzunlikdagi yuqori qismini (Senno tumani, Pilkovichi qishlogʻigacha boʻlgan qismi) kanal holiga keltirilgan boʻlib, bu yerda suvning balandligi 15-20 metrgacha yetadi. Yuqori oqimidagi qirgʻoqlar past, oʻrta va quyi oqimda ular tik va ilonizi shaklida boʻlib, qiirgʻoqlarning balandligi 5-7 m, baʼzi joylarda 20 metrgacha balandlikda boʻladi.

Daryoning Dubnitsi qishlogʻi yaqinida toʻgʻon va koʻlmak (maydoni 1 gektar) joylashgan. Orshan tumani, Baran qishlogʻi yaqinidagi suv havzasi (maydoni 2 gektar), quyi oqimdagi qirgʻoqboʻyida Baran shahri joylashgan.

Dam olish joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo sohillari dam olish joylari tashkil etish uchun foydalaniladi (Baran shahrida „Les“ sanatoriyasi bor).

Geologik qoldiqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryoning chap qirgʻogʻida, Dneprga qoʻshilish joyidan 100 m uzoqlikda geologik choʻqqi bor, unda 2 qatlam ajralib turadi: kech Poozerey muzlik va muzlararo golosen qoldiqlari konlari. Ular qazilma mollyuskalar qoldiqlariga boy (28 turdan ortiq). Radiokarbonli sanalash maʼlumotlariga koʻra, bu qoldiqlarning yoshi 94090-9970 ± 560 yil[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Список населённых мест Могилевской губернии, Могилев, 1910. 
  2. Агеева Р. А.. Происхождение имён рек и озёр. М.: Наука, 1985 — 87 bet. 
  3. В. П. Нерознак. Названия древнерусских городов. М.: Наука, 1983 — 127 bet. 
  4. А. Ф. Рогалеў. Сцежкі ў даўніну: Геаграфічныя назвы Беларускага Палесся. Мн.: Полымя, 1992 — 150 bet. 
  5. В.Н. Топоров, О.Н. Трубачев. Лингвистический анализ гидронимов Верхнего Поднепровья. Москва: Изд-во АН СССР, 1962 — 175 bet. 
  6. Калинин М. Ю.. Природные ресурсы и охрана окружающей среды г. Орша и Оршанского района, Мн., 2008. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ресурсы поверхностных вод СССР. Описание рек и озёр и расчёты основных характеристик их режима. Л.: Гидрометиздат, 1971. 
  • Природа Белоруссии. Популярная энциклопедия. Мн.: БелСЭ, 1986. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Archive.is saytida 4-may 2013-yil sanasida arxivlangan)