Adrian Mutu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adrian Mutu
Mutu 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adrian Mutu
Tavallud sanasi 8-yanvar 1979-yil (1979-01-08) (45 yosh)
Tavallud joyi Călinești, Ruminiya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi hujumchi, hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rapid București (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987—1996 Argeș Pitești
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1998 Argeș Pitești 41 (11)
1998—1999 Dinamo București 33 (22)
1999—2000 Inter Milan 10 (1)
2000—2002 Hellas Verona 57 (16)
2002—2003 Parma 31 (18)
2003—2004 Chelsea 27 (6)
2005—2006 Juventus 33 (7)
2006—2011 Fiorentina 112 (54)
2011—2012 Cesena 28 (8)
2012—2014 Ajaccio 37 (11)
Milliy terma jamoa
1995

Ruminiyaning 16 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
2 (1)
1996—1997

Ruminiyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
14 (8)
1998—2000

Ruminiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
12 (6)
2000—2013 Ruminiya milliy futbol terma jamoasi 77 (35)
Boshqargan klublari
2016 ASA Târgu Mureș (murabbiy)
2016—2017 Dinamo București (umumiy menejer)
2017—2018 Romania (sport direktori)
2018 Voluntari
2018—2019

Al Wahda (21 yoshgacha boʻlgan

klub tarbiyalanuvchilari murabbiyi)
2020—2021

Ruminiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
2021 FC U Craiova
2022 Rapid București
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Adrian Mutu (talaffuzi: Adrian Mutu) (1979-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Adrian Mutu hozirgi kunda Liga I klubi „Rapid București“ klubini boshqaradi. Futbolchilik faoliyati davomida Adrian Mutu hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adrian Mutu oʻz faoliyatini „Argeş Piteşti“ klubida ikki yil va „Dinamo Bukureşti“ klubida yarim mavsum oʻynab, 1999-2000-yillarda Italiya A Seriyasining vakili „Inter“ klubi tarkibida boshlagan. Nerazzurrilar bilan bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyindan soʻng Adrian Mutu „Hellas Verona“ klubiga, keyin esa „Parma“ klubiga yoʻl oldi. Bu muvaffaqiyatli yurishi davomida Adrian Mutu keyingi uch yilda jami 39 ta gol urdi. Uning ajoyib sport formasi unga 22,5 million yevro evaziga "Chelsea" klubiga transfer boʻlishiga imkon berdi. 2003-yilda Adrian Mutu „Oltin toʻp“ga nomzod boʻldi[1][2]. Bu klubdagi faoliyatidan soʻng, Adrian Mutu "Juventus" klubiga oʻtish uchun A Seriyaga qaytdi. 2006-yilgi Italiya futboli mojarosi va „Juventus“ klubi B Seriyaga tushib ketganidan soʻng, Adrian Mutu „Fiorentina“ klubiga oʻtishga qaror qildi va u yerda keyingi besh yil davomida faoliyat olib bordi. Keyin Adrian Mutu „Cesena“ klubi va Fransiyaning "Ajaccio " klublarida bir mavsum oʻtkazdi va 2014-yilda „Petrolul Ploieşti“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. „Pune City“ va „ASA Târgu Mureş“ klublari bilan yana ikkita qisqa oʻyinlardan soʻng Adrian Mutu 2016-yilda professional futboldan ketdi.

Maydondan tashqarida anchagina bahslarga va mish-mishlarga sabab boʻlgan Adrian Mutu 2005-yilda „Chelsea“ klubida oʻynaganida kokain uchun ijobiy testdan soʻng keng omma eʼtiboriga tushdi. Bu hodisadan keyin Adrian Mutu „Chelsea“ klubi tarkibidan chiqarildi, keyinchalik Futbol assotsiatsiyasi tomonidan yetti oyga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, Adrian Mutu sobiq ish beruvchilariga 15,2 million funt sterling tovon puli toʻlashga majbur boʻldi. Bu tovon puli FIFA tarixidagi eng katta moliyaviy jazo hisoblanadi[3]. U bir necha bor jarima ustidan shikoyat qilishga urinib koʻrdi va 2010-yilda „Fiorentina“ klubida boʻlganida sibutramin uchun ijobiy testdan soʻng ikkinchi marta jarimaga tortildi.

2000-yildagi xalqaro maydondagi debyut oʻyinidan beri Adrian Mutu Ruminiya milliy futbol terma jamoasi safida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 35 ta gol urdi. Bu natija bilan Adrian Mutu rekordchi Gheorghe Hagi natijasini takrorlagan edi. Adrian Mutu 2000 va 2008-yillarda Yevropa chempionatida mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Ruminiyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinining toʻrt karra gʻolibi boʻlgan Gheorghe Popescu va Gheorghe Hagilardan koʻra koʻproq Adrian Mutu yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan Adrian Mutu faoliyati davomida maydon tashqarisidagi muammolardan qiynalgan. Mutu bir nechta hujumkor pozitsiyalarda oʻynashga qodir edi. Adrian Mutu ham gol urish, ham golli uzatma berish qobiliyati tufayli asosiy hujumchi sifatida ham, hujumkor yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushirilgan. Oʻzining isteʼdodiga qaramay, u tez-tez jarohatlar olib turgan. Shuningdek,Adrian Mutu oʻzining jahli tezligi, temperamentli xarakteri va maydondagi xatti-harakatlari bilan mashhur edi. Shuning uchun u koʻpincha oʻzining haqiqiy salohiyatini oqlamagan deb hisoblanardi[4][5][6].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adrian Mutu oʻzining murabbiylik faoliyatini 2018-yilning aprel oyida Ruminiya I Ligasi vakili „Voluntari“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng boshlagan. Adrian Mutu sobiq bosh murabbiy Claudiu Niculescu ketganidan keyin „Voluntari“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7]. Biroq, Mutuning faoliyati vakolati ikki oy davom etdi. Garchi Mutu klubning „Chindia Târgoviste“ klubiga qarshi kechgan pley-off oʻyinida gʻalaba qozonib, klubni quyi ligaga tushib qolishdan saqlab qolgan boʻlsa-da, klub direktorlar kengashi 14-iyun kuni Mutuni ishdan boʻshatishga qaror qildi. Klub prezidenti Dan Leasa direktorlar kengashi qaroriga rozi bo‘lmadi va klubni tark etdi[8].

2018-yil iyul oyida Adrian Mutu Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Wahda“ klubi bilan klubning kichik jamoalarini boshqarish uchun shartnoma imzoladi[9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adrian Mutu 2000-yillarning boshlarida isroillik model va aktrisa Moran Atias bilan oila qurgan[10].

2001-yildan 2003-yilgacha Adrian Mutu ruminiyalik aktrisa va teleboshlovchi Alexandra Dinu bilan birga yashagan. Ularning Mario ismli oʻgʻli bor(2002-yilda tugʻilgan)[11].

2005-yilda Adrian Mutu Ruminiyadagi Scala Celli provaslov cherkovida dominikanlik model Consuelo Matos Gomez bilan oila qurgan[12]. Ularning Adriana (2006) va Maya Vega (2008) ismli ikki qizi bor. Ular 2015-yilda ajrashishdi.

2016-yilda Adrian Mutu sobiq model Sandra Bachici bilan oila qurdi[13]. Ularning Tiago Adrian Mutu ismli oʻgʻli bor (2017).

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubuk Liga kubugi Mintaqa Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni
Argeș Pitești 1996—1997 A Diviziya 5 0 5 0
1997—1998 21 4 21 4
1998—1999 15 7 6 3 21 10
Umumiy 41 11 6 3 47 14
Dinamo București 1998—1999 A Diviziya 17 4 0 0 17 4
1999—2000 18 18 3 3 4 4 25 25
Umumiy 35 22 3 3 4 4 42 29
Inter Milan 1999—2000 A Seriya 10 0 4 2 14 2
Hellas Verona 2000—2001 A Seriya 25 5 1 1 26 6
2001—2002 32 12 2 0 34 12
Umumiy 57 17 3 1 60 18
Parma 2002—2003 A Seriya 31 18 1 0 4 4 36 22
Chelsea 2003—2004 Premer liga 25 6 3 3 1 0 7 1 36 10
2004—2005 2 0 2 0
Umumiy 27 6 3 3 1 0 7 1 38 10
Juventus 2004—2005 A Seriya 1 0 1 0
2005—2006 32 7 4 3 8 1 1 0 45 11
Umumiy 33 7 4 3 8 1 1 0 46 11
Fiorentina 2006—2007 A Seriya 33 16 2 1 35 17
2007—2008 29 17 1 0 10 6 40 23
2008—2009 19 13 1 0 9 2 29 15
2009—2010 11 4 2 4 6 3 19 11
2010—2011 20 4 20 4
Umumiy 112 54 6 5 25 11 143 70
Cesena 2011—2012 A Seriya 28 8 1 0 29 8
Ajaccio 2012—2013 Liga 1 28 11 28 11
2013—2014 9 0 9 0
Umumiy 37 11 37 11
Petrolul Ploiești 2013—2014 Liga I 8 2 8 2
2014—2015 6 2 1 0 6 2 13 4
Umumiy 14 4 1 0 6 2 21 6
Pune City 2015 Hindiston Superligasi 10 4 10 4
Târgu Mureș 2015—2016 Liga I 4 0 1 0 5 0
Umumiy 439 160 27 17 1 0 60 26 1 0 528 203

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar soni Nisbat
Ruminiya milliy futbol terma jamoasi
2000-yil 11 1 0,09
2001-yil 6 0 0,00
2002-yil 6 1 0,16
2003-yil 10 7 0,70
2004-yil 5 4 0,80
2005-yil 5 5 1.00
2006-yil 6 3 0,50
2007-yil 9 6 0,66
2008-yil 7 2 0,28
2009-yil 2 0 0,00
2010-yil 0 0 0,00
2011-yil 5 5 1.00
2012-yil 3 0 0,00
2013-yil 2 1 0,50
Jami 77 35 0,45

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Pierrend. „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or") 2003“. RSSSF (2006-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  2. „Dumitru Macri, primul fotbalist român nominalizat la Balonul de Aur! Gică Hagi, aproape de succes în 1994“ (ro). Fanatik.ro (2018-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  3. „Mutu loses Chelsea damages appeal“ (2009-yil 31-iyul).
  4. Stefano Bedeschi. „Gli eroi in bianconero: Adrian MUTU“ (it). Tutto Juve (2015-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  5. Gianni Ceccarelli. „Il 'ritocchino' porta il nome di Adrian Mutu. Da Palermo Vasquez..e ritorno di Ilicic..“ (it). Fiorentina.it (2014-yil 22-dekabr). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-avgust.
  6. „Adrian Mutu“ (it). La Repubblica (2008-yil 23-may). Qaraldi: 2016-yil 9-fevral.
  7. „UPDATE EXCLUSIV Este oficial! Adrian Mutu a semnat cu FC Voluntari! Niculescu și-a reziliat contractul“. gsp.ro (2018-yil 14-aprel). Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
  8. „EXCLUSIV Scandal de proporții la FC Voluntari! – Adrian Mutu a fost dat afară, Leasă a demisionat! Un campion cu FCSB preia echipa!“. gsp.ro (2018-yil 14-iyun). Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
  9. „Former Chelsea striker Adrian Mutu joins Al Wahda as coach“. The National. Abu Dhabi: International Media Investments FZ (2018-yil 21-iyul). Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
  10. „סוד ההצלחה של מוטו - וואלה! ספורט“ (2003-yil 2-dekabr).
  11. „Alexandra Dinu e Il Tris di Fiction per la Rai“.
  12. „Dominican model Consuelo Matos arrives for her wedding to Romanian striker Adrian Mutu of the Italian Serie A soccer team Juventus at the Romanian Orthodox Scala Celli church in Rome“. 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  13. „Romanian Footballer Adrian Mutu Has Got Married For The Third Time. The Wedding Took Place In Cuba“.