Adolfo Baloncieri
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Adolfo Baloncieri | ||
Tavallud sanasi | 27-iyul 1897-yil | ||
Tavallud joyi | Alessandria, Italy | ||
Vafot sanasi |
23-iyul 1986-yil (88 yoshda) | ||
Vafot joyi | Genoa, Italy | ||
Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
Mukofotlari |
|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" | Italiya |- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Summer Olympics |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 1928 Amsterdam|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | |- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | Central European International Cup |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:gold" | Oltin|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 1927-30 Central European International Cup|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
US Alessandria | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1919—1925 | US Alessandria | 120 | (74) |
1925—1932 | Torino | 192 | (97) |
1932—1933 | Comense | 3 | (0) |
1943—1944 | US Alessandria | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1920—1930 | Italiya MTJ | 47 | (25) |
Boshqargan klublari | |||
1931—1932 | Torino (assistant) | ||
1932—1933 | Comense | ||
1934—1936 | Milan | ||
1936—1937 | Novara | ||
1937—1939 | Liguria | ||
1939—1940 | Napoli | ||
1941—1945 | Alessandria | ||
1945—1946 | Milan | ||
1946—1947 | Chiasso | ||
1947—1950 | Sampdoria | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Adolfo Baloncieri (1897-yil 27-iyul — 1986-yil 23-iyul) — italiyalik futbol menejeri va yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi.
Tanqidchilar tomonidan barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Gianni Brera uni Guizeppe Meazza va Valentino Mazzola kabi italiyalik pleymeykerlardan biri hisoblardi.[1] 2010-yilda Carlo Felise Chieza shunday deb yozgan edi: „Agar jahon futbolining barcha davrlarining eng zoʻr „regista“larini roʻyxatga olish imkoni boʻlganida, bizning davrimizdan juda uzoqda boʻlgan sportchi Adolfo Balonsieri birinchi boʻlmasa ham, birinchilar qatoriga kiradi.“[2] Balonsieri oʻz klubidagi faoliyatini Alessandria bilan boshlagan, lekin asosan „Torino“dagi oʻyyinlari bilan tanilgan, u yerda 1927 va 1928-yillarda liga chempionligini qoʻlga kiritgan (keyinchalik 1927-yilgi chempionlik unvoni bekor qilingan). Nafaqaga chiqqanidan soʻng u Italiyaning bir qancha klublarida ham murabbiylik qilgan.
Xalqaro miqyosda u Italiya bilan uchta yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashdi, Italiya terma jamoasiga sardorlik qilib 1928-yil yozgi Olimpiya Oʻyinlari bronza medalini qoʻlga kiritdi, shuningdek 1927—1930-yillarda Markaziy Yevropa Xalqaro Kubogida Italiya bilan gʻalaba qozondi. 25 gol kiritgan holda, Filippo Inzaghi va Alessandro Altobelli bilan birga, Italiya terma jamoasining tarixidagi oltinchi eng yaxshi toʻpurari boʻlib, Italiya milliy jamoasida tarixidagi eng koʻp gol urgan yarim himoyachi hisoblanadi.[3]
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balonsieri Alessandria provinsiyasidagi Castelceriolo shahrida, asli Caselle Torinesedan boʻlgan oilada tugʻilgan. Bolaligida u oilasi bilan Argentinaning Rosario shahrida 12 yil yashadi va u yerda toʻqqiz yoshida futbol olamiga qadam qoʻydi. Sport bilan shugʻullanishga ishtiyoqmand boʻlib, u buxgalterlik boʻyicha oʻqishni tugatmagan.
Uning akasi Mario Alessandriada havaskor futbolchi, keyin esa muxbir boʻlgan, yoshligida vafot etgan amakivachchasi William Brezzi esa Alessandriya va milliy terma jamoadagi jamoadoshi edi. Uning akasi Carlo 1933-yil avgustida Finale Ligureda choʻkib ketgan, oʻgʻli ham yoshligida vafot etgan. Boshqa qizi Flora, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi va singlisi bilan keyingi yillarda Genoada yashadi. U 1986-yilda, 89 yoshga toʻlishidan bir necha kun oldin pnevmoniyadan vafot etdi.[4][5]
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligining koʻp qismini Argentinada oʻtkazgandan soʻng, Balonsieri 1913-yilda Italiyaga qaytib, 1914-yilda 17 yoshida Birinchi Jahon Urushi tufayli liga oʻyinlari toʻxtatilishidan oldin debyut qilgan Alessandriaga qoʻshildi. Jang paytida u oʻqchi sifatida frontda edi. Futbolni qayta boshlaganidan soʻng u Torino bilan 1920-yillarning eng mashhur futbolchilari qatorida ajralib turdi va u bilan ikkita milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi (biri „Allemandi ishi“ sababli bekor qilingan). 1930-yilda Italiya futbol federatsiyasidan Leandro Arpinati tavsiyasiga koʻra Italiya Toji tomonidan ritsar unvoniga sazovor boʻlgan. Balonsieri 1931-yilda nafaqaga chiqdi; yosh sportchilarning rivojlanishiga qiziqib, u Torino yoshlar tizimini rivojlantirish uchun mas'ul edi. Keyinchalik u menejer boʻldi.
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro miqyosda Balonsieri 1928-yilgi Olimpiya Oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan Italiya terma jamoasi sardori[6] va Guizeppe Meazza bilan birga 1930-yilgi Xalqaro kubok gʻolibi edi. U 1920—1930-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi safida 47 oʻyin oʻtkazgan va 25 gol bilan Italiya terma jamoasi tarixidagi eng koʻp gol urgan oltinchi oʻyinchi va eng koʻp gol urgan yarim himoyachi hisoblanadi.[7] U, shuningdek, 1920 va 1924-yillarda ikkita boshqa Olimpiadaning oʻyinlarida oʻynadi va uni Italiya milliy terma jamoasi uchun Olimpiya futbol turnirlarida eng koʻp (mos ravishda oʻn bir va sakkiz) gol urgan va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylantirdi.[8][9]
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odatda hujumkor pleymeyker sifatida qoʻllangan Balonsieri tezkor, iqtidorli, nafis va yaratuvchan yarim himoyachi boʻlib, u zoʻr texnik mahoratga, koʻrish va toʻp uzatish qobiliyatiga ega va yarim himoyadan golni sizesh hususiyatiga ega edi.[10]
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Torino
- Divisione Nazionale/Serie A: 1927–28; Italiya
- Central European International Cup: 1927-30
- Summer Olympics: Bronze 1928
Individual
- Torino FC Shon-sharaf zali[10]
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brera, Gianni. Storia critica del calcio italiano, 1998.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Brera, Gianni. Storia critica del calcio italiano, 1998.
- ↑ Chiesa, Il secolo azzurro. pp. 165-166.
- ↑ „Nazionale, De Rossi raggiunge le 100 presenze“ (italyancha). Il Corriere dello Sport (1-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 21-iyul 2016-yil.
- ↑ „Adolfo Baloncieri“. Enciclopediadelcalcio.com. 22-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Hall of Fame: Adolfo Baloncieri“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „Adolfo Baloncieri“. Olympedia. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Nazionale in cifre“. FIGC. 31-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Olimpiadi: Presenze“ (italyancha). Italia1910. Qaraldi: 18-iyul 2016-yil.
- ↑ „Olimpiadi: Gol Fatti“ (italyancha). Italia1910. Qaraldi: 18-iyul 2016-yil.
- ↑ 10,0 10,1 „Hall of Fame: Adolfo Baloncieri“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun."Hall of Fame: Adolfo Baloncieri" (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan). Retrieved 22 January 2015.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Adolfo Baloncieri at databaseOlympics.com“. 30-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2008-yil.
- Adolfo Baloncieri Olympics at Sports-Reference.com saytida (archived)
- Adolfo Baloncieri International Olympic Committee saytida
- Adolfo Baloncieri Comitato Olimpico Nazionale Italiano saytida (in Italian)
- Azzurri Stars