Adobe After Effects
Adobe After Effects | |
![]() | |
Ishlab chiqaruvchi | Adobe Inc. |
---|---|
Eng so‘nggi versiyasi | 2021 (22.5.1) / 14-sentabr 2021-yil |
Operatsion sistema | Windows 10 iPadOS |
Platforma | x86-64 |
Til(lar) | 26 |
Vebsayt: | adobe.com/products/aftereffects.html |
Adobe After Effects — Adobe Systems tomonidan ishlab chiqilgan murakkab videografikalar, videoharakatlarni tahrirlash va yaratish uchun ichlatilinadigan dastur. Adobe oilasining boshqa dasturlari kabi Adobe After Effects dasturi ham yuqori darajalai mediamahsulotlarni ishlab chiqish imkonini beradi. 2019-yilda dastur fan va texnika yutuqlari uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritdi[1]. Dastur asosan kino va reklama sanoatida katta videografika tahririni talab etadigan sohalarda ancha mashhur hisoblanadi. Adobe After Effects dasturida poligrafiya, raqamli fotografiya, raqamli video va audio, 3D-animatsiyalar uchun materiallar yaratish mumkin. Dasturda har qanday elementlar uchun effektlar yaratish, tahrirlash, joy-joyiga qoʻyish va animatsiyalash mumkin. Shu sababli Adobe After Effects — koʻp maqsadli dasturiy mahsulot hisoblanadi. Poligrafiya va dizaynni jonlantirish, fotosurat yoki raqamli tasvirni qayta ishlash, video va filmlar ishlab chiqishda vizual effektlardan foydalanish, instrumental vositalar imkoniyatini kengaytirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha keng qamrovli foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.[2]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adobe After Effects — Devid Xerbstman, Devid Simons, Daniyel Uilk, Devid M. Kotter va Rassell Belfer tomonidan 1993-yil yanvar oyida dastlabki ikki versiyasi 1.0 va 1.1 ishlab chiqarilgan.[3] Dasturning birinchi versiyasi faqat Apple tomonidan ishlab chiqarilgan Macintosh kompyuterida mavjud edi, keyinchilik Windows operatsion sistemasida ishlovchi kompyuterlar uchun ham ishlab chiqilgan. Dastur 1994-yilda Aldus tomonidan sotib olingan va dastur ishga tushirilgandan bir yil o'tgach, ko'p mashinali renderlash va harakatni xiralashtirish kabi ajoyib yangi xususiyatlarga ega bo'ldi. After Effects kontseptsiyasi paydo bo'lganidan beri Adobe kompaniyasi o'zining media sanoatdagi yetakchi dasturiy ta'minotining 50 xil versiyasini chiqardi.[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |