Kontent qismiga oʻtish

Adnan Menderes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Adnan Menderes

Adnan Menderes 1939-yilda
Turkiyaning 9-Bosh vaziri
Mansab davri
22-may 1950  27-may 1960
Prezident Celâl Bayar
Oʻtmishdoshi Şemsettin Günaltay
Vorisi Cemal Gürsel
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1899-yil
Koçarlı, Usmonli imperiyasi
Vafoti 17-sentyabr 1961-yil (aged 62)
İmralı, Turkiya Respublikasi
Oʻlim sababi Osib o‘ldirish
Siyosiy partiyasi SCF (1930)
CHP (1930–1945)
Mustaqil (1945–1946)
DP (1946–1960)
Turmush oʻrtogʻi
Berrin Menderes (turm. 1928)
Bolalari
Taʼlim Şirinyer Amerika kolleji
Alma mater Anqara universiteti (huquq sohasida bakalavr)
Imzosi

Ali Adnan Ertekin Menderes (turkcha: [adˈnan ˈmændeɾes]; 1899 — 17-sentabr 1961) 1950-yildan 1960-yilgacha Turkiyaning Bosh vaziri boʻlib xizmat qilgan turk siyosatchisi edi. U 1946-yilda Demokratik partiyani (DP) tuzganlardan biri boʻlib, u Turkiyaning toʻrtinchi qonuniy muxolif partiyasi boʻlgan. U 1960-yilgi davlat toʻntarishidan keyingi harbiy xunta davrida ikki nafar boshqa vazirlar, Fatin Rüştü Zorlu va Hasan Polatkan bilan birga sud qilinib, osib oʻldirilgan. Uning boshqaruvi davrida Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi va 1952-yilda NATOga qabul qilindi[1]. U harbiy toʻntarishdan keyin qatl etilgan soʻnggi turk siyosiy rahbari hisoblanadi. Shuningdek, u Turkiya Respublikasining toʻrtta siyosiy yetakchisidan biri boʻlib, qolganlari Kemal Otatürk, Suleyman Demirel va Turgʻut oʻzaldir.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adnan Menderes 1899-yilda Koçarlı, Aydinda, boy yer egasi, kelib chiqishi Qrim tatarlaridan boʻlgan oilada tugʻilgan[2]. Boshlangʻich maktabni yakunlaganidan soʻng Menderes Izmirdagi Amerika kollejida oʻqidi[3]. U Turkiya mustaqillik urushi davrida bosqinchilik qilgan yunon armiyasiga qarshi jang qildi va shu sababdan faxriy medal bilan taqdirlandi[4]. Adnan Menderes Anqara universiteti Huquq maktabini tamomladi. 1930-yilda Adnan Menderes Aydinda qisqa umr koʻrgan Liberal respublika partiyasining (turkcha: Serbest Cumhuriyet Fırkası) boʻlimini tashkil qildi[5]. Partiya oʻzini oʻzi tarqatgach, uni shaxsan Otatürkning oʻzi hukmron Jumhuriyat Xalq partiyasiga qoʻshilishga taklif qildi va 1931-yilda partiya yetakchilari tomonidan Aydin deputati etib tanlandi. 1945-yilda Adnan Menderes yana ikki hamkori bilan birga Ismet Inonuning milliylashtirish siyosatiga ichki partiya muxolifligi tufayli partiyadan haydaldi.

1945-yil iyun oyida Menderes Celâl Bayar, Fuat Köprülü va Refik Koraltan bilan birga oʻzlarining Toʻrt imzoli takliflarida koʻproq siyosiy va demokratik erkinlik talab qildilar[6]. Bu taklif Turkiya parlamentining hech bir aʼzosi tomonidan, taklifni parlamentga kiritgan toʻrttasidan tashqari, qoʻllab-quvvatlanmadi va 1945-yil sentabriga kelib[6], Menderes, Köprülü va Koraltanning barchasi Turkiya hukumatiga muxolifliklari sababli JXPdagi aʼzoligidan mahrum etildi[7]. Shundan soʻng Bayor parlamentdan, keyinroq esa partiyadan ham isteʼfo berdi[8]. 1946-yil 7 yanvarda bu toʻrt kishi Demokratik partiyani (DP) tuzdilar[9] va 1946-yilgi saylovlarda Menderes Kütahyadan Demokratik partiya deputati etib saylandi[10].

Faxriy unvon va medallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  •  Turkiya: Mustaqillik medali, Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan berilgan (1931)[11].
  •  Yaponiya: Koʻtarilayotgan quyosh ordeni, Yaponiya hukumati tomonidan berilgan (1958)[12].
  1. Yeşi̇lbursa, Behçet K. (1999). "Turkey's Participation in the Middle East Command and Its Admission to NATO, 1950-52". Middle Eastern Studies 35 (4): 70–102. doi:10.1080/00263209908701287. ISSN 0026-3206. https://www.jstor.org/stable/4284040.
  2. Aydemir, Şevket Süreyya. Menderes’in Dramı. Remzi Kitabevi, 1984, p. 18.
  3. Kayacan-Cangul, Bircan (July 23, 2023). "Başvekil Adnan Menderes'in Okul Yılları: Mahalle Mektebi'nden Ankara Hukuk Fakültesi'ne". Journal of Communication, Sociology and History Studies 3 (1): 69–79. http://cosohis.com/Makaleler/1020710731_6.pdf.
  4. „Adnan Menderes (1899 - 1961)“. kimkimdir.gen.tr. 2015-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-sentyabr.
  5. Erik Jan Zürcher, Turkey: a modern history, I. B. Tauris, 2004, ISBN 978-1-86064-958-5 p. 397
  6. 1 2 Heper, Metin; Landau, Jacob M.. Political Parties and Democracy in Turkey (en). I.B. Tauris, 1991 120-bet. ISBN 1850433003. 
  7. Findley, Carter V.. Turkey, Islam, Nationalism, and Modernity: A History, 1789-2007 (en). Yale University Press, 21 September 2010 268-bet. ISBN 978-0-300-15260-9. 
  8. Heper, Metin; Landau, Jacob M. (1991), p. 121
  9. Heper, Metin; Landau, Jacob M. (1991), p. 119
  10. Şafak, Yeni „Election Results 1946 - General Election Results“ (tr-TR). Yeni Şafak (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  11. „Menderes'e "Atnan" adıyla İstiklal Madalyası verilmesine ilişkin kararname Meclis Kütüphanesi'nin arşivine girdi“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2025-yil 26-noyabr.
  12. „Çavuşoğlu'na Japonya İmparatorundan devlet nişanı“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2025-yil 26-noyabr.