Adil Rami
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Adil Rami | ||
Tavallud sanasi | 27-dekabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Bastia, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.90 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Troyes | ||
Raqami | 23 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994—2003 | Fréjus |
Adil Rami (talaffuzi: Odil Rami; 1985-yil 27-dekabrda Bastiyada tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Troya“ futbol klubi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safidagi chempioni.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yil 3-yanvarda Rami Ispaniyaning „Valencia“ futbol klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolagan[1]. Klublar oʻrtasida shartnoma tuzilib, Rami iyulgacha „Lille“ futbol klubida oʻynashi, shundan soʻng u doimiy ravishda ispanlar safiga oʻtishini taʼkidlagan. Yozda u klubga qoʻshilgan va La Ligadagi debyut oʻyinida „Racing“ futbol klubiga qarshi gol urishga muvaffaq boʻlgan[2]. Rami oʻng qanotda va himoya markazida oʻynab, 6 ta gol urgan. 2014-yilning 3-yanvarida Rami „Milan“ futbol klubiga sotib olish sharti bilan olti oyga ijaraga berilgan[3]. U 2014-yilning 6- yanvarida „Atalanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2014-yilning 12-iyulida u „Milan“ bilan 3 yillik shartnoma imzolagan[4] 2020-yil 21-fevralda u „Sochi“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Biroq may oyining oxirida, klub uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan, jamoani tark etgan[5][6].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rami Fransiya terma jamoasi safida 2010-yilning 11-avgustida Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Fransiya vakili boʻlishidan oldin unga Marokash terma jamoasi qiziqish bildirgan. 2008-yilgi Afrika Millatlar kubogi oldidan Ramiga murabbiy Henri Michel musobaqada Marokash bilan oʻynash imkoniyatini taklif qilgan. Biroq Rami Fransiya terma jamoasida o‘ynash istagini aytib, taklifni rad etgan.
2010-yilning 5-avgustida Rami yangi bosh murabbiy Laurent Blanc tomonidan 2010-yilning 11-avgustida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini tarkibiga kiritilgan. Muntazam ravishda EURO-2012 turnirlarining saralash bosqichida qatnashganidan soʻng, 2012-yil 29-may kuni Rami oʻsha musobaqa finalida ishtirok etish uchun jamoa tarkibiga kiritilgan. Musobaqadan ikki kun oldin u Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozongan. Rami Jahon kubogi yoki UEFA Yevropa chempionati finalida debyutini 11-iyun kuni Angliyaga qarshi oʻtkazgan. Ushbu oʻyin durang bilan yakunlangan. Shuningdek, u Fransiyaning turnirdagi soʻnggi uchta oʻyiniga ham ishtirok etgan.
Rami EURO-2016 turnirining finalida jarohat olgan Rafael Varan oʻrniga ishtirok etgan. Rami Ruminiya, Albaniyaga qarshi turnirning dastlabki toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan. Biroq u Islandiya, Germaniya va Portugaliyaga qarshi chorak final, yarim final va final oʻyinlarida ishtirok etmagan. Fransiya finalda Portugaliyaga yutqazib, turnirda ikkinchi oʻrinni egallagan.
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
E. S. Fréjus | ![]() |
2003—2006 |
Lille O. S. C. II | ![]() |
2006—2007 |
Lille O. S. C. | ![]() |
2007—2011 |
Valencia C. F. | ![]() |
2011—2013 |
A. C. Milan | ![]() |
2014—2015 |
Sevilla F. C. | ![]() |
2015—2017 |
Olympique de Marsella | ![]() |
2017—2019 |
Fenerbahçe S. K. | ![]() |
2019—2020 |
P. F. C. Sochi | ![]() |
2020 |
Boavista F. C. | ![]() |
2020—2021 |
E. S. Troyes A. C. | ![]() |
2021 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Rami to leave Lille for Valencia“. 11-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Rami netting in his debut for Valencia“ (27-avgust 2011-yil). 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-avgust 2011-yil.
- ↑ „Comunicado Oficial: Cesión de Adil Rami“. 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2015-yil.
- ↑ „Transfer news: Adil Rami joins AC Milan from Valencia on three-year contract“. 2-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2015-yil.
- ↑ „Рами расторг контракт с «Сочи», агент игрока грозит клубу проблемами с ФИФА“. Eurosport.ru (28-may 2020-yil). Qaraldi: 28-may 2020-yil.
- ↑ „Чемпион мира-2018 Адиль Рами стал игроком «Сочи»“ (ru). sport-express.ru (21-fevral 2020-yil). 21-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2020-yil.