Adajio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adajio (ital. adagio — sekin, vazmin) — 1) musiqada — sekin sur’-at, andantedan sekin, lekin largo, len-tolardan jonli; 2) shu ijro us-lubida yaratilgan musiqiy asar yoki turkumli shakl qismi. Ba’zi mumtoz simfoniya-lar muqaddimasi A. sur’atida yozilgan (I. Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven va boshqalar) O‘zbekiston kompozitorlari ijodi-da A. kup uchraydi. Mas, M. Tojiyevning kamer orkestri uchun "Adajio" 3sim-foniyasidagi 1-qismining boshlang‘ich bo‘lagi, 4simfoniyasining 4-qismi A. sur’atida; 3) baletda ohangdor, mayin taraluvchi musiqa jo‘rligida, ko‘pincha, ohista harakatlardan tuzilgan, bir yoki ikki kishilik nafis lirik raqs. Ba’zan mustaqil raqs parchasi (pa-de-dyo, pa-de-trua, pa dak-son, gran pa); Ik. Akbarov-ning "Orzu" baletida katta A., M. Ash-rafiyning "Sevgi tumori" baletida A. qismlari mavjud; 4) asosan muvozanatni saqlashga yordam beradigan ohista, se-kinlashtirilgan mashqlardan iborat yev-ropacha mumtoz raqs mashg‘ulotining bir qismi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil