Adabiyot muzeyi (muassasa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adabiyot muzeyi, Farg‘ona vi-loyat G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot muzeyi – madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa (Qo‘qon shahri). 1960 yilda asos so-lingan. 1966 yilda Fafur G‘ulom nomi be-rilgan. Muzey ekspozitsiyasi 7 bo‘limdan iborat. Ko‘rgazmalarida Qo‘qon xonligining 18–19-asrdagi tarixiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga, G‘oziy, Maxmur, Hoziq, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Ma’dan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza va boshqa hayoti, ijodiga oid materiallar (shaxsiy buyumlar, asarlarning qo‘lyozmalari, toshbosma nusxalari, hozirgi nashrlari, suratlar, arxiv hujjatlari va boshqalar); Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Fafur G‘ulom, Husayn Shams, Usmon Nosir, Amin Umariy va boshqa ijodini aks ettiruvchi mate-riallar bor. Muzeyda Navoiy asarlarining Qo‘qonda ko‘chirilgan nusxalari, Nizomiy, Umar Hayyom, Sa’diy, Hofiz, Bedil kabi mumtozlar asarlarining nodir qo‘lyozmalari, fors, ozar shoirlarining she’rlaridan tuzilgan bayon va maj-mualar, tazkiralar, Sankt-Peterburg, Boku, Istanbul, Orenburg, Qozon, Ufa, Boqchasaroy va boshqa joylarda chop etilgan gazeta va jurnallar mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil