Adabiy-madaniy meros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adabiy-madaniy meros – o‘tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti, san’ati, me’morlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan iz-chil va mustahkam bog‘langan bo‘ladi; shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma’naviy yodnomalari, moddiy-madaniy obidalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosi yozma tarix boshlangandan keyin axomaniylar (mil.av. 558 – 330), salavkiylar (mil. av. 312–64), O‘rxun-Yenisey tosh bitiklari, turkiy (uyg‘ur) qo‘lyozma yodgorliklar, Turk xoqonligi (552–745), Arab xalifaligi (632–1258) va keyingi davrlar, xususan Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, uch xonlik, Rossiya is-tilosi, sho‘rolar tuzumi davrlarida va, nihoyat, mustaqillik yillarida bunyod etilgan og‘zaki, yozma va moddiy yodno-ma hamda yodgorliklardan iborat. Bular o‘zbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusmlari, bayramlari, xalq ijodi namu-nalari, adabiyot va fan sohasida yaratilgan manbalar, tasviriy va amaliy san’at hamda musiqa asarlari, qadimgi bitiklar va arxeologik topilmalar, rang-barang me’moriy obidalarni qamrab oladi. Adabiy-madaniy merosni saqlash va urganish ham tarixiy, ham ma’rifiy qimmatga ega. Bular o‘zbek xalqining milliy iftixori hisoblanadi. Sho‘rolar tuzumi davrida, xususan qatag‘on yillarida Adabiy-madaniy merosga nisbatan butunlay noto‘g‘ri, mafkuraviy munosabatda bo‘lindi. O‘tmishda yashab ijod etgan bir qancha shoirlar ijodini o‘rganish man etildi, arab yozuvida bitilgan qo‘lyozmalar yo‘qqilindi. Adabiy-madaniy merosning zukko bilimdonlari quvg‘in ostiga olindi; Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa adib, shoir, olim va ziyolilar qatl etildi, o‘nlab masjid va madrasalar buzib tashlandi, xalq marosimlari va bayramlarini o‘tkazish taqiqlandi. Bu borada turg‘unlik yillari qatag‘on davrining o‘ziga xos davomi bo‘ldi. 12 jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini nashr etishga kirishil-ganligi adabiy-madaniy merosni ilmiy o‘rganish yo‘lidagi muhim tadbir bo‘ldi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband singari islom dinini targ‘ib qilish yo‘lidagi xizmatlari bilan dunyoga tanilgan buyuk vatandoshlarimiz dafi etilgan joylar obodonlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Ularning hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ki-toblar chop etiddi. Amir Temir hayoti va faoliyati, temuriylar davri madani-yatiga oid kitoblar nashr etildi. O‘rta asrning noyob madaniy yodgorligi "Usmon Qur’oni" o‘z egalariga – O‘zbekiston Diniy boshqarmasiga qaytarildi. "Al-pomish" dostoni yaratilganligining 1000 yillik yubileyi o‘tkazildi. Xalq me’morligining noyob namunalari bo‘lgan bir qator me’moriy yodgorliklar ta’mirlandi. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Husayniy, Huvaydo, Behbudiy va boshqalar ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, asarlari nashrga tayyorlanmoqda, Qur’on va Hadis ham birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib ommalashtirildi, qatag‘on qilingan shoir va adiblarning asarlari ko‘plab nusxalarda chop etildi, unutilishga mahkum etilgan qator hunarmandchilik sohalari qayta tiklandi va xalq bayramlari tantanali nishonlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil