Ad maiorem Dei gloriam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Ad maiorem Dei gloriam yoki Ad majórem Dei glóriam[izoh 1], shuningdek, AMDG qisqartmasi sifatida ham berilgan, katolik cherkovining buyrugʻi boʻlgan Iso (Jesuits) jamiyatining lotincha shiori hisoblanadi. Bu jumla „Xudoning buyuk ulugʻvorligi uchun“ degan maʼnoni anglatadi.

Maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu iboraning kelib chiqishi iezuitlarning asoschisi, Loyolalik Avliyo Ignatius bilan bogʻliq boʻlib, u shiorni jamiyatning diniy falsafasining asosiy tuygʻusi sifatida xizmat qilishi maqsadiada foydalangan. Muqaddas Ignatiusga tegishli toʻliq ibora Ad maiorem Dei gloriam inque hominum salutem yoki „Xudoning ulugʻvorligi va insoniyatning najoti uchun“ degan maʼnoni anglatadi. Bu yomon deb hisoblanmagan har qanday ish, hatto maʼnaviy hayot uchun ahamiyatsiz deb hisoblansa, Xudoni ulugʻlash uchun bajarilsa, maʼnaviy jihatdan foydali boʻlishi mumkin degan fikrning qisqacha mazmunidir[1].

Ad maiorem Dei gloriam

Umumiy Jezuit emblemasida IHS bosh harflari atrofiga shior yozilgan holatida tasvirlanadi. IHS — yunoncha monogramma boʻlib, uch harfdan (iota, eta va sigma) iborat, Iso nomidagi birinchi uchta harfdan olingan, mazkur monogramma III asrdan boshlab qisqartma sifatida ishlatib kelingan. Muqaddas Loyolalik Ignatius Iso jamiyatining generali sifatida oʻz muhrida monogrammani tasvirlashga farmon bergan (1541-yil) va shu tariqa u oʻz jamiyatining timsoliga aylangan. IHS baʼzan notoʻgʻri „Iso Hominum (yoki Hierosolymae) Salvator“ deb tushunilgan, yaʼni Iso, odamlarning Qutqaruvchisi (yoki Quddus yaʼni Iyerusalim insonlar qutqaruvchisi maʼnosida).

Foydalanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avliyo Ignatiusning suratlarida u kitob koʻtarib turgan holiida tasvirlangan, shior esa koʻp holatlarda avliyoning diniy yozuvlari orasida yozilgan.

Bu ibora koʻplab Iyezuit taʼlim muassasalarining shiori, shu jumladan, Iezuit kollejlari va universitetlari assotsiatsiyasining yigirma sakkiz aʼzosidan sakkiztasi va butun dunyo boʻylab koʻplab oʻrta maktablarda ham qoʻllanilinadi. Georgetown universitetining Gaston zalida bu iboradan keyin inque hominum salutem iborasi ham yozilgan va undan quyidagicha mazmunga ega ibora paydo boʻladi: „Xudoning ulugʻvorligi va insoniyatning najoti uchun“[2]. Koʻpgina Iyezuit institutlarining binolariga xos boʻlganidek, Fordham universiteti kampusidagi poydevor toshlariga ham „AMDG“ qisqartmasi yozilgan va maktabning Universitet cherkovida 2776 quvurli „Maior Dei Gloria“ organi joylashgan boʻlib, u shior nomidan kelib chiqqan[3].

Bir vaqtlar Iezuit maktablari va universitetlari talabalari oʻz sahifalarining boshiga bosh harflarni yozishlari, hatto maktab ishlari ham Xudoning ulugʻvorligiga bagʻishlanishi kerakligini eslatishlari odatiy hol edi[izoh 2][5]. Qisqartma Papa John Pavel II ning imzosida ham uchraydi. 

Katolik birodarligi Alfa Delta Gamma tashkilotining shiori ham Ad Dei Gloriam boʻlib, „Xudoning ulugʻvorligi uchun“ deb tarjima qilinadi. Bu shior birodarlik nomining kelib chiqishidir, chunki Rim tilidagi shiorning bosh harflari „ADG“ yunon tilida alfa, delta va gamma harflari bilan bir xil va tashkilot nomiga juda oʻxshash.

Bu shior Flann OʻBrienning The hard life (Qiyin hayot) kitobidagi iezuit qahramoni tomonidan qayta-qayta ishlatiladi. Ser Edward Elgar shiorni Kardinal Newmanning Gerontiusning orzusi sheʼrida bagʻishlash maʼnosida ishlatgan. 1939-yilda Benjamin Britten Gerard Manley Hopkinsning yettita qismdan iborat AMDG (Ad Majorem Dei Gloriam) xor asarini yozdi. 2014-yilda amerikalik liturgik bastakor Dan Schutte madhiyalar va missa kitoblarini ulugʻlash maqsadida Ad Maiorem Dei Gloriam asarini yaratdi[6]. Ad majorem Dei Gloriam Martin Scorsesening Yaponiyadagi iyezuitlar haqidagi Silence (Jim-jitlik) filmining afishalarida paydo boʻladi. Arturo Perez- Revertening 2000-yildagi La carta esférica romanida va 2007-yilda roman asosida suratga olingan filmida iyezuitlar tomonidan yaratilgan xayoliy kema Dei Gloriya halokati tasvirlanadi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lotin tilida "i" undosh sifatida ishlaganda, ko'pincha "j" harfi bilan ifodalanadi.
  2. "Fingleton kuchli katoliklardan biri edi, shuning uchun uning kitoblaridan ko'chirayotgan katolik maktab o'quvchilari mashqlar daftarlari har bir sahifasining yuqori qismiga AMDG bosh harflarini qo'yishgan bu "Ad majorem Dei gloriam" shiorining qisqartmasi bo'lib "Xudoning ulug'vorligi uchun" degan ma'noni anglatadi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Höpfl, Harro. Jesuit political thought: the Society of Jesus and the state, c. 1540–1630. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 2004 — 426 bet. ISBN 0-521-83779-0. 
  2. Billingsley, Hillary. „O'Donovan Praises 'Passion of Ideas' in Speech“. The Hoya (2001-yil 23-mart). Qaraldi: 2007-yil 14-mart.
  3. „Maior Dei Gloria Organ Makes Its Concert Debut“. Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  4. Derriman, Philip. „Hatchet buried with feuding Don, scribe“. The Sydney Morning Herald (2008-yil 25-aprel). Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  5. „AMDG“. Loyola University Maryland. 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  6. „Ad Maiorem Dei Gloriam“. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.