Kontent qismiga oʻtish

Acura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Acura
Turi Boʻlinma
Xizmatlari Avtomobil moliyasi
Tarmogʻi Avtomobil
Egasi American Honda Motor Company
Qachon asos solingan 27-mart, 1986-yil (38 yil avval) (1986-03-27)
Hududiy xizmati
  • United States
  • Kanada
  • Meksika
  • Panama
  • Quvayt
Asoschi(lari) Soichiro Honda
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i
Brendlari Acura A-Spec va Type-S
Vebsayti acura.com

Acura – yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi Honda kompaniyasining hashamatli va performans avtomobillar ishlab chiqish boʻlimi[1]. Boʻlim asosiy qismi Shimoliy Amerikada joylashgan[2]. Brend 1986-yil 27-martda hashamatli va performans avtomobillarni bozorga chiqarish maqsadida ishga tushirilgan. Acura AQSh, Kanada, Meksika, Panama va Quvaytda avtomobillar sotadi[3]. Shuningdek, kompaniya ilgari Xitoyning materik qismida, Gonkong, Rossiya va Ukrainada avtomobillar sotgan[4][5]. 2000-yillarning oxirida Acurani Yaponiyaning ichki bozoriga chiqarish rejalari 2007–2008 yillardagi moliyaviy inqiroz tufayli amalga oshmay qoladi[6].

Acura yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi tashkil etgan birinchi hashamatli avtomobil ishlab chiqish boʻlinmasi edi[7]. Acuraning yaratilishi Hondaning JDM (Japanese Domestic Market) doirasidagi yangi savdo kanalining ochilishi bilan bir vaqtda sodir boʻldi. U Honda Clio deb nomlangan va hashamatli avtomobillarni sotishga moʻljallangan edi. Bu kanal avval ochilgan Honda Verno kanaliga qoʻshildi, keyingi yilda esa Honda Primo ham ushbu kanalga qoʻshildi. Acura tashkil etilganining dastlabki yillarida AQShda eng koʻp sotilgan hashamatli brendlardan biriga aylandi. Brend oʻsha paytda BMW va Mercedes-Benz kabi taniqli brendlardan koʻproq avtomobil sotgan[7]. 1990-yillarning oʻrtalari va oxirlarida sotuvlar pasaygan boʻlsa-da, 2000-yillarning boshlarida yangi modellarning kiritilishi va dizayndagi keskin oʻzgarishlar tufayli brend qayta jonlandi[7][8].

1980-yillarning oxirlarida kompaniyaning birinchi flagman modeli Legend muvaffaqiyati boshqa yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilarini ham ilhomlantirdi. Misol uchun, Toyota va Nissan kompaniyalarini oʻzlarining hashamatli brendlari Lexus va Infiniti ni ishga tushirdi. 1990-yilda NSX modeli ishga tushirildi. Ushbu model oʻrta dvigatelli sport avtomobili boʻlib, Yevropaning ekzotik sport avtomobillariga ishonchli va amaliy alternativaga aylandi. Model Hondaning VTEC oʻzgaruvchan klapan vaqt tizimini Shimoliy Amerika bozoriga olib kirdi. 1993-yilda chiqarilgan Legend coupé modelida birinchi marta olti pogʻonali qoʻlda boshqariladigan uzatmalar qutisini va Type II dvigateli bor edi. 1990-yillarning oxirlarida Acura Integra ning Type R versiyasini ishlab chiqardi. Bunda modelning vazni kamaytirildi, hamda yuqori samarali VTEC dvigateli bilan jihozlandi.

2000-yillarning boshlarida Acura bir qator yangi modellari, shu jumladan kompaniyaning birinchi original yoʻltanlamas avtomobili MDX va Integra coupé hamda sedanlarini almashtiruvchi ikki model: RSX va TSX ni taqdim etdi. Ushbu oʻn yillikda brend qatoriga RSX, CL va TL ning Type-S versiyalari qoʻshildi. Acuraning 2005-yilgi flagman modeli RL SH-AWD ni taqdim etdi. Ushbu modelda aylanma moment taqsimoti asosida ishlaydigan toʻrt gʻildirakli tortish tizimi bor edi. 2007-yilda krossover yoʻltanlamasi RDX modeli Shimoliy Amerikada birinchi marta Honda turbo dvigatelidan foydalangan. NSX ning ikkinchi avlodi 2016-yilda taqdim etilgan boʻlib, u egizak oʻrta turbo dvigatel, toʻqqiz pogʻonali ikki diskli avtomatik uzatmalar qutisi va Sport Hybrid SH-AWD tizimini oʻz ichiga olgan.

2024-yilda Acura oʻzining yangi Performance EV Concept modelini Monterey Car Week da taqdim etdi. Bu brendning elektrlashtirish strategiyasi doirasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu konsept avtomobili Acuraning ilgʻor texnologiyalarni birlashtirishga boʻlgan sodiqligini, yuqori samaradorlik, aerodinamik samaradorlik va barqaror mobil yondashuvga eʼtiborini aks ettirardi. Performance EV Concept avtomobil innovatsiyasining chegaralarini kengaytirish va ekologik taʼsirni kamaytirish yoʻlida brendning saʼy-harakatlarini namoyish etadi[9].

  1. „Honda's premium brand makes cars and SUVs positioned above the mainstream.“. www.consumerreports.org. 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  2. „Is Acura too American to compete globally?“ (en). Automotive News (2015-yil 20-fevral). 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  3. „Acura Canada sells 500,000th vehicle | the Car Magazine“ (2016-yil 28-sentyabr). 2023-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  4. „Acura models no longer produced or sold in China“ (en). autoblog (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  5. „Acura“. 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  6. 2007 Mid-Year CEO Speech (Wayback Machine saytida September 30, 2007, sanasida arxivlangan) (Japanese)
    Establishing A Sales Channel from the Customer Viewpoint, 2. Accelerating our effort in Japan to strengthen the core characteristics that make Honda unique, Summary of 2007 Mid-Year CEO Speech (Wayback Machine saytida September 22, 2007, sanasida arxivlangan) (English)
    ホンダ、高級車アキュラの国内発売延期 (Wayback Machine saytida August 24, 2007, sanasida arxivlangan) (Japanese)
  7. 7,0 7,1 7,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named acura
  8. „Can the Integra make Acura great again?“. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  9. „Acura's Late Leap into Electric: Unveiling a Concept Amidst Established Competition | EVmagazine“. www.evmagazine.eu.