Jangari-sarguzasht oʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Action-adventuredan yoʻnaltirildi)

Jangari-sarguzasht oʻyin ham jangari, ham sarguzasht janridagi oʻyin janrlari unsurlarini birlashtirgan videooʻyin janridir.

Jangari-sarguzasht gibrid janrdir va shu sababli atamaning taʼrifi juda keng qamrovlidir. Bu fakt, ehtimol, jangari-sarguzasht eng keng tarqalgan videooʻyin janri degan xulosaga olib keladi. Odatda, sof sarguzasht janridagi oʻyinlarda oʻyinchi yechish uchun vaziyatli muammolar mavjud boʻlib, juda oz yoki umuman jangari unsurlar boʻlmaydi. Bu turdagi oʻyinlarda jangari unsurlari mavjud boʻlsa-da, ular faqatgina mini-oʻyinlar ichiga joylashtiriladi. Sof jangari oʻyinlarda esa reflekslarni qiyinlashtiradigan real vaqtdagi oʻzaro taʼsirga asoslangan geympley boʻladi. Shunga koʻra. jangari-sarguzasht janridagi oʻyinlar ham zoʻravonlik, ham zoʻravonliksiz situatsiyalarda ham rekleks, ham muammoni yechishni qamrab oladi.[1][2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aya. „A Brief – But Comprehensive – History of the Action/Adventure Genre“ (2-avgust 2005-yil). 29-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2009-yil. „arxiv nusxasi“. 29-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
  2. Rollings, Andrew; Ernest Adams. Fundamentals of Game Design. Prentice Hall, 2006. ISBN 0-13-168747-6. 
  3. „The Next Generation 1996 Lexicon A to Z“. Next Generation. № 15. Imagine Media. March 1996. 28–42-bet. „Action-adventure – A game which is nearly all action (see action game), but that also includes a good deal of strategy and more advanced problem solving.“

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]