Achinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Achinsk – Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasidagi shahar (1782-yildan). Chulim daryosi boʻyida. Achinsk tuguni. Aholisi 122 ming kishidan ziyod (1999). Tegirmon, goʻsht, glinozyom kombinatlari, tikuvchilik va mebel fabrikalari, mexanika, pivo, neftni qayta ishlash zavodlari bor. Achinsk yaqinidan koʻmir va oqaktosh qazib chiqariladi. Oʻlkashunoslik, tarix muzeylari, teatr bor. Achinskga 1682-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil