Boshogʻriqoʻt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Achillea santolinadan yoʻnaltirildi)
Boshogʻriqoʻt
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Boshogʻriqoʻt (Achillea santolina L.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—30 sm. Bargi ensiz, patsimon. Guli sariq. Gul savatchalari poya uchida qalqrnsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. May—iyulda gullab, avgustda urugʻi pishadi. Togʻ etaklari, choʻl va adirlarda tarqalgan; ariqlar boʻyida, yoʻllar yaqinida, shuningdek begona oʻt sifatida ekinlar orasida ham oʻsadi. Quritilmagan B.da 0,056—11% efir moyi boʻlib, bu moy tarkibida 53—56% kamfora, 15— 20% sinsol, 10—15% apinen, 20% ga yaqin efir va spirt borligi aniqlangan. Poyasi, bargi va gulidan tayyorlanadigan qaynatmadan xalq tabobatida meʼda kasalliklari, sil va bavosirni davolashda, qonni toʻxtatishda foydalaniladi. B.dan tabiiy kamfora ham olish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil