Achchiqkoʻl (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Achchiqko‘l (koʻl)dan yoʻnaltirildi)

Achchiqkoʻl — Toshkent shahridan 20 km gʻarbdagi koʻl. Uzunligi 700 m, eni 150 m. A. buloq suvidan toʻyinadi. Koʻl va uning atroflari qamishzor. Koʻlda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10- 15 sm). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil