Achchiqkoʻl (koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AchchiqkoʻlToshkent shahridan 20 km gʻarbdagi koʻl. Uz. 700 m, eni 150 m. A. buloq suvidan toʻyinadi. Koʻl va uning atroflari qamishzor. Koʻlda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10– 15 sm). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil