Ace Hood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ace Hood
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Antoine Franklin McColister[1]
11-may 1988-yil (1988-05-11) (35 yosh)
Florida, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • EMPIRE
  • Hood Nation
  • We the Best
  • Republic
  • Cash Money
  • Def Jam
  • Dollaz N Dealz
Janr hip hop
Hamkorligi Dj Khaled
Faoliyat yillari 2006 – hozirgacha
Veb-sayt acehood-online.com

Antoine Franklin McColister (1988-yil 11-mayda tugʻilgan)[2] – Ace Hood oʻlaroq maʼlum amerikalik reper. Florida shtatining Port St. Lucie shahrida tugʻilgan[3].

McColister toʻrtta studiyaviy albom eʼlon qilgan: Gutta (2008), Ruthless (2009), Blood, Sweat & Tears (2011) va Trials & Tribulations (2013). McColister ijro etgan „Hustle Hard“ va „Bugatti“ qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida mos ravishda 60- va 33-pogʻonagacha koʻtarilgan. 2016-yilda McColister We the Best Musicdan ketishini eʼlon qildi va hozirda mustaqil ijodkor sifatida faoliyatini yuritmoqda[4].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ace Hood Florida shtatidagi shtatidagi Port Sent-Lyusi shahrida tugʻilgan va Florida shtatidagi Deerfield Beachda oʻzining kichik amakivachchasi Ty Barton Jr bilan birga ulgʻaygan. U Deerfield Beach oʻrta maktabini tamomlagan. 10-sinfda futbol jarohatidan soʻng va u professional futbolchi boʻla olmasligini anglab etgach, rep haqida jiddiy oʻylay boshladi. Hood „Dollaz & Dealz“ nomli mahalliy guruh bilan birlashdi va 2006-yilda „M. O.E“ nomli singlni chiqardi. U shuningdek, shahar atrofidagi ochiq mikrofon tadbirlari va isteʼdodlar shoulari orqali oʻzini targʻib qila boshladi[5].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda u DJ Khaled bilan WEDR 99 Jamz radiostansiyasi ofisida uchrashdi. Keyinchalik We the Best Music leybli bilan shartnoma imzoladi. XXL jurnalining 2009-yilgi birinchi sinf reperlari qatorida Hood boshqa bir necha ijodkorlar qatoridan joy oldi[6].

Uning birinchi albomi „Gutta“ 2008-yilda chiqarilgan. Albomda T-Pain va Rick Ross ishtirokidagi „Cash Flow“ singli mavjud. Keyinchalik Ace Hood „Wonʼt Fold“ va „All Bets On Ace“ deb nomlangan miksteyplarni chiqardi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 36-oʻrinni egallab, birinchi haftasida 25 000 nusxada sotilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ace Hood nasroniydir va u „Xudoga juda ishonadi“[7].

Hood 2011-yil 25-mayda tugʻilgan Lyric va Sailor Blu McColister ismli egizak qizlari bor. Lyric sogʻligʻi bilan bogʻliq asoratlar tufayli tugʻilgandan koʻp oʻtmay vafot etdi. Uning oʻgʻli ham bor[8]. U 2020-yil 7-fevralda uzoq yillik sevgilisi Shelah Marie bilan turmush qurishdi.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ace Hood 2008-yilda
  • Gutta (2008)
  • Ruthless (2009)
  • Blood, Sweat & Tears (2011)
  • Trials & Tribulations (2013)
  • Mr. Hood (2020)
  • M. I. N. D. (Memories Inside Never Die) (2022)[9]

Mukofot va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Kategoriya Nominatsiya ishi Natija
2011[10] Best Club Banger „Hustle Hard“ Nominatsiya
Best Collabo, Duo or Group „Hustle Hard (Remix)“ (with Rick Ross and Lil Wayne) Nominatsiya
2013[11] Best Club Banger „Bugatti“ (with Future and Rick Ross) Nominatsiya
Best Collabo, Duo or Group Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MR ACE HOOD, INC. - POMPANO BEACH, FL - Business Page“. dandb.com.
  2. „Ace Hood Celebrates His 30th Birthday With 'Trust The Process 2: Undefeated'“. Complex.
  3. Concepcion, Mariel (20–may 2008–yil). „Ace Hood“. Billboard.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. White, Omari. „Ace Hood Talks New Music, Evolution as an Artist & Life After 'We The Best'“. Respect (2017-yil 24-avgust). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  5. Cordor, Cyril „Ace Hood > Biography“. allmusic (2008). Qaraldi: 10-mart 2009-yil.
  6. „Check out the (3) Cover for XXL's Dec. Issue (#109)“. XXL (20-oktabr 2008-yil). 2008-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  7. Smith, Jay „A Few Minutes With Ace Hood“ (en). Pollstar (7-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  8. SOHH.com „Ace Hood Discusses Daughter's Death, 'I Know God Does Everything For A Reason'“. 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  9. „Ace Hood – M.I.N.D. (Memories Inside Never Die)“. Apple Music. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  10. „Lil Wayne Leads BET Hip-Hop Awards '11 Nominations“. Rap-Up (7-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 30-may 2017-yil.
  11. „Here Are The BET Award Nominees“. Complex (23-avgust 2013-yil). Qaraldi: 30-may 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]