Melis Abzalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abzalov Melis Oripovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Melis Abzalov
Tugʻilishi 18-noyabr 1938-yil(1938-11-18)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktor, rejissor va ssenariychi
Mukofotlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
IMDb ID 0009536

Melis Abzalov — oʻzbek aktori, rejissori va ssenariychisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987).[1] Abzalav oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi.[2] Melis Abzalovning eng mashhur filmlari „Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qo‘zg‘oloni“ (1984), „Armon“ (1986) va „Oʻtgan kunlar“ (1997) filmlaridir.

Hayoti va ijodi[tahrir]

Melis Oripovich Abzalov 1938-yil 18-noyabrda Yangiyo‘lda tavallud topgan. U 1961-yil Toshkentdagi Ostrovskiy Teatr Institutini bitirgan. 1962-yil „Oʻzbekfilm“da ishlashni boshlagan. Abzalov 1961-yil Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan. 1961-1962-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktor boʻlib ishlagan. 1962-1965-yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor assistenti, keyinchalik rejissor va aktor, 1989-yildan „Vatan“ kinostudiyasining badiiy rahbari boʻlib faoliyat yuritgan.

Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi, xarakterlarning toʻliq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika oʻtkir satirik epizodlar bilan uygʻunlashib ketadi.

Abzalov aktor sifatida Abdulla („Yettinchi oʻq“), Olloyorboy („Inson qushlar ortidan boradi“), Eshon Zaynullo („Qoʻqon voqeasi“), Qorashoh („Arslonning sarguzashtlari“) va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissor sifatida „Chinor ostidagi duel“, „Suyunchi“, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Armon“, „Maysaraning ishi“, „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Oʻtgan kunlar“ kabi filmlarni ishlagan.

Filmografiyasi[tahrir]

Rejissor sifatida[tahrir]

Aktor sifatida[tahrir]

  • Ruscha: «Белые, белые аисты» (1966)
  • Ruscha: «Влюбленные» (1969)
  • Ruscha: «Седьмая пуля» (1972)
  • Ruscha: «Встречи и расставания» (1973)
  • Ruscha: «Поклонник» (kinoalmanax) (1973)
  • Ruscha: «Ты, песня моя» (1975)
  • Ruscha: «Человек уходит за птицами» (1975)
  • Ruscha: «Далекие близкие годы» (1976)
  • Ruscha: «Птицы наших надежд) (1976)
  • Ruscha: «Буйный „Лебедь“» (1977)
  • Ruscha: «Это было в Коканде» (1977)
  • „Olovli yoʻllar“ (Ruscha: «Огненные дороги») (1978) (Serial)
  • Ruscha: «Любовь моя» (1981)
  • Ruscha: «Уроки на завтра» (1983)
  • Ruscha: «Я тебя помню» (1985)
  • Ruscha: «Kлиника» (1987)
  • Ruscha: «Приключения Арслана» (1988)
  • Ruscha: «Чудовище или кто-то другой» (1988)
  • Ruscha: «Восточная плутовка» (1989)
  • Ruscha: «Кодекс молчания» (1989)
  • Ruscha: «Шок» (1989)
  • Ruscha: «Битва трех королей» (1989)
  • Ruscha: «Маклер» (1992)
  • „Alpomish“ (Ruscha: «Алпомыш») (2000)
  • „Drongo“ (Ruscha: «Дронго») (2002)
  • Ruscha: «Застава» (2007)

Ssenariy muallifi sifatida[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. [/kino/acter/m/sov/16347/bio/ Abzalov Melis Aripovich (rus.)]. Kino-Teatr. 28 May 2012.
  2. [/publ/1-1-0-2973 Abzalov Melis Aripovich (rus.)]. Kino-CCCP. 28 May 2012.

Havolalar[tahrir]