Abumuslimnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Abumuslimnoma" −10-11-asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozil-gan, keyinchalik arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuro-son va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Mu-allifi Abu Tohir Tarsusiydir. „A.“ qadimiy qissa uslubida yozilgan boʻlib, unda afsonaviy timsollar, 10-asrda taraqqiy topgan sharqona er yigitlik (futuvvat, bagʻri kenglik) xususiyatlari va talablari oʻz aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda kat-ta shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar („Zamchinoma“ va boshqalar) yaratilgan. „A“.ning oʻzbek tilida nashr etilgan nusxalari (mas, „Abu Muslim jangnomasi“, 1992) va boshqa ham bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abumuslimnoma" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil