Abulqosim bobur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abulqosim bobur (1422, Hirot -1457 yil mart, Mashhad) – temuriylar-dan, Boysunqur mirzoning o‘g‘li. Bobosi Shohrux mirzo qo‘l ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda g‘olib chiqib, 1449 yil fevralda A. B. Hirotni egallaydi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1149–57). 1454 yilda Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va qirq kunlik qamaldan so‘ng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bi-timga ko‘ra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat o‘rtasidagi chegara bo‘lib qolgan. A. B. shoirlarni to‘plab mushoiralar o‘tkazgan va o‘zi ham turkiy, fors tillarida she’rlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abulqosim bobur" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil