Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim (?—989) — so-moniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957 yildan). Asli G‘ulomlardan. Buvayxiylar va ziyoriylarta qarshi janglarda g‘alaba qozongan, uning yordamida G‘aznada somoniylar hukmronligi o‘rnatilgan. So‘ng, u somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (976—997) dan yashi-rincha koraxoniylardan Bug‘roxon (Horun ibn Muso, 992 yilda vafot etgan) bilan so-moniylar tasarrufidagi yerlarni o‘zaro bo‘lib olish xususida muzokara olib borgan. Kelishuvga ko‘ra, Movarounnaxr Bug‘roxonning, Amudaryoning janubidagi yerlar esa A. S.ning qo‘liga o‘tishi lozim bo‘lgan. Bu fitnada A. S. va Bug‘roxondan tashqari Nuh ibn Manso‘rning yirik amirlaridan Foiq ham ishtirok etgan. Bu esa somoniylar inqirozini tezlash-tirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil