Abulhasan Ali ibn al-Ixshid

Abulhasan Ali ibn al-Ixshid (arabcha: أبو الحسن علي بن الإخشيد) Abbosiylar xalifaligi nomidan Misr, Suriya va Hijozni boshqargan mustaqil Ixshidiylar sulolasining uchinchi hukmdori. 960—966-yillarda hukmronlik qilgan.
Abulhasan sulolasi asoschisi Muhammad ibn Tugʻj al-Ixshidning kichik oʻgʻli boʻlib[1], 961-yilda akasi Unujurning vafotidan keyin taxtga oʻtirgan. Hukmronligi davrida haqiqiy hokimiyat qobiliyatli qora tanli xoja Abulmisk Kafur qoʻlida boʻlgan[2]. Hukmronligi davrining asosiy voqealari 963-yilda Nubiya bosqini, Gʻarbiy va Suriya sahrolarida badaviylarning notinchligi va hujumlari kuchayishi boʻldi. Suriya sahrosidagi vaziyat qarmatlar paydo boʻlishi bilan yanada murakkablashdi. 960/963-yilda Ixshidiylar flotining Vizantiya dengiz kuchlariga magʻlub boʻlishi, shuningdek, Nikephoros Phokas boshliq Viznatiya qoʻshinlarining Kilikiya va shimoliy Suriyaga hujumlari nasroniylikka qarshi gʻalayonlarni keltirib chiqargan[3].
Ali 966-yil yanvar oyida vafot etgach, Quddusda otasi va akasining yoniga, Maʼbad togʻidagi Qabilalar darvozasi yaqinida dafn etilgan[4]. Alining oʻlimidan soʻng, Kafur uning voyaga yetmagan oʻgʻli Ahmadni chetga surib, oʻzi mustaqil hukmdor sifatida taxtga oʻtirdi[5]. Kafur 968-yil vafotiga qadar hukmronlik qilgan, keyinchalik uning oʻrniga taxtga Ahmad oʻtirgan. Ixshidiylar davlati ichki tartibsizliklar va ketma-ket qurgʻoqchilik yillari tufayli zaiflashib bordi. Bu holat 969-yilda davlat hududlarini Fotimiylar xalifaligi zabt etishi uchun yoʻl ochib berdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bacharach 2006, ss. 60, 61.
- ↑ Bianquis 1998, ss. 115–116.
- ↑ Bianquis 1998, ss. 116–117.
- ↑ van Berchem 1927, ss. 13–14.
- ↑ Bianquis 1998, s. 117.
- ↑ Bianquis 1998, ss. 117–118.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bacharach, Jere L.. Islamic History Through Coins: An Analysis and Catalogue of Tenth-century Ikhshidid Coinage. Cairo: American University in Cairo Press, 2006. ISBN 9774249305.
- Bianquis, Thierry „Autonomous Egypt from Ibn Ṭūlūn to Kāfūr, 868–969“, . The Cambridge History of Egypt, Volume 1: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 86–119-bet. ISBN 0-521-47137-0.
- van Berchem, Max. Matériaux pour un Corpus Inscriptionum Arabicarum, Deuxième partie: Syrie du Sud. Tome deuxième: Jérusalem «Haram» (French). Cairo: Imprimerie de l'Institut français d'archéologie oriantele, 1927.