Kontent qismiga oʻtish

Abulharet Ahmad

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abulharet Ahmad (tax.1000-yilda vafot etgan) — 982—1000-yillarda Guzgondagi Farigʻuniylar sulolasining uchinchi hukmdori. Abulharet Muhammadning oʻgʻli va vorisi boʻlgan.

982-yilda Abulharetning otasi vafot etgan va oʻgʻliga eng qudartli davriga yetgan saltanatni qoldirgan. 990-yilda Somoniylar hukmdori Nuh II Abulharetni turkiy harbiy qoʻmondon Faʼiq qoʻzgʻolonini bostirish uchun yuborgan. Biroq Abulharet Faʼiqdan magʻlub boʻlib, ortga chekingan.

Bir muncha vaqt oʻtgach, Abulharetning Gʻaznaviy zodagon va Somoniylar generali Sabuktegin hamda uning oʻgʻli Mahmud bilan munosabatlari mustahkamlandi. Ular Hirotda Faʼiq va Simjuriylardan boʻlgan Abu Ali Simjuriyga qarshi yurish qilib, hal qiluvchi gʻalabaga erishdilar. Ikki tomonlama nikoh orqali ittifoq ham tuzdilar. Abulharetning oʻgʻli Abulnasr Muhammad Sabukteginning qiziga uylangan boʻlsa, Mahmud Abulharetning qizlaridan biriga uylangan edi. Shu paytda Somoniylar davlati tez sur’atlar bilan zaiflashib borardi. Sabuktegin 997-yilda vafot etdi va uning davlati oʻgʻillari Mahmud hamda Ismoil oʻrtasidagi fuqarolar urushiga tortildi. Bu urush davrida Abulharet betaraf qoldi. 998-yilda Mahmud gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi, Ismoil esa koʻp oʻtmay Abulharet saroyida yashashga ruxsat oldi. 1 yil oʻtib, Somoniylar davlatining qolgan qismini Qoraxoniylar davlati egallab oldi.

Abulharet taxminan 1000-yilda vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Abulnasr Muhammad taxtga oʻtirdi. Abulnasr koʻp oʻtmay Gʻaznaviylar vassaliga aylandi.

Oldingisi Guzgonning Farigʻuniy hukmdori
982—1000
Keyingisi