Abulfath alouddin Muhammad Ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abulfath alouddin Muhammad Ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (?–1157) – fiqx olimi. Uning Abu Muhammad ibn alHasan ash-Shayboniyning "Jomiʼ alKabir" ("Katta toʻplam") kitobiga yozgan "Sharh ul-Jomiʼ al-Kabir" ("Jomiʼ al-Kabirning sharhi") nomli bir necha jildli asarining 1-jildi bizgacha yetib kelgan boʻlib, u "Kitob ul-imon" ("Imon haqida kitob"), "Kitob unnikoh" ("Nikoh haqida kitob"), "Kitob ushshahodat" ("Shahodat kitobi"), “Kitob ul-qazo” ("Hukm kitobi") kabi sakkiz bobga boʻlinadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361y.da koʻchirilgan nodir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №5558) saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil