Abulfath Ahmad ibn Sijziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulfath Ahmad ibn Sijziy (? — 1024) — shaxmatchi, falakiyot va riyoziyot olimi. Shatranjga oid risola muallifi. 300 dan ortiq shaxmat vaziyatini oʻz ichiga olgan bu risolaning eng qadimgi mukammal nusxasi 1665-yilda Buxoroda koʻchirilgan. Asarda oʻsha davrda va oldin oʻtgan mashhur shaxmatchilar va shaxmat haqida yozgan olimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar, bu oʻyinning kelib chiqishini madh etuvchi rivoyatlar, soʻngra 10 ta taʼbiya va 287 ta mansuba bayon qilinadi. Ulardan keyin shaxmat donalarining nisbiy quvvati, shaxmat taxtasidagi har xil matematik hisoblar va shaxmat mavzuidagi 160 ta toʻrtlik sheʼr keltirilgan. A.shatranj bilan mashgʻul boʻlgan kishilar: Abubakr Muhammad ibn Yahyo as-Suliy, Hoja Hakim Abu Rayhon, Abu Sahd Muhammad ibn Ali al Badoyi, Adliy va boshqa haqida maʼlumotlar beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abulfath Ahmad ibn Sijziy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil