Abulbaqo ibn Bahouddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulbaqo ibn Bahouddin (16-asr 1-yarmi −17-asr 1- choragi) — tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi aʼzam)ning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida ki-chik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab „Jomeʼ ul-maqomoti Maxdumi aʼzam“ („Maxdumi aʼzam maqomotining majmui“) kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid kimmatli maʼlumotlar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil