Abulbaqo ibi BAHOUDDIN

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abulbaqo ibi Bahouddin (16-asr 1-yarmi –17-asr 1- choragi) – tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi a’zam)ning nabirasi bo‘lib, Abdulazizxon (1540–49) saroyida ki-chik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab "Jome’ ul-maqomoti Maxdumi a’zam" ("Maxdumi a’zam maqomotining majmui") kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi a’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron o‘rtasidagi munosabatlarga oid kimmatli ma’lumotlar bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil