Kontent qismiga oʻtish

Abulasakir Jaysh ibn Xumoravayh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abulasakir Jaysh ibn Xumoravayh
أبو العساكر جيش بن خمارويه
Misr hukmdori
Saltanat 896-yil yanvar — noyabr
Oʻtmishdoshi Xumoravayh ibn Ahmad ibn Tulun
Davomchisi Horun ibn Xumoravayh
Tugʻilishi 882
Misr
Vafoti 896-yil noyabr
Misr
Uy Tuluniylar
Otasi Xumoravayh ibn Ahmad ibn Tulun
Dini Islom (Sunniylik)

Abulasakir Jaysh ibn Xumoravayh (arabcha: أبو العساكر جيش بن خمارويه‎; 882 — 896) Misrdagi Tuluniylar sulolasining uchinchi amiri boʻlib, 896-yilda qisqa muddat hukmronlik qilgan.

Otasi Xumoravayhni 896-yil 18-yanvar oʻz xizmatkorlaridan biri oʻldirgan[1]. Ushbu xizmatkor Xumoravayhning sevimli xotini bilan yashirin aloqada boʻlgan. Bu haqda Xumoravayh xabar topgach, xizmatkor oʻz hayotidan xavotirlanib, Tuluniylar hukmdorini oʻldirish uchun fitna uyushtirgan[2]. Xumoravayhning oʻlimidan soʻng, uning voyaga yetmagan oʻgʻli Abulasakir Jaysh hukmdor boʻlgach, mamlakatda beqarorlik davri boshlandi.

Xumoravayhning toʻngʻich oʻgʻli 896-yil boshida, oʻn toʻrt yoshida otasining oʻrnini egalladi. Koʻp oʻtmay, amakisi Mudar ibn Ahmad ibn Tulunni qatl etishga buyruq berdi. Bir necha oylik hukmronlikdan soʻng, faqihlar va qozilar amirni taxtdan tushirilgan deb eʼlon qilishdi. 896-yil noyabr oyida esa oʻz vaziri Ali ibn Ahmad al-Mazoraiy bilan birga qatl etildi. Oʻrniga ukasi Horun taxtni egalladi.

  1. Haarmann 1986, s. 49.
  2. Sobernheim 1987, s. 973.
Oʻtmishdoshi:
Xumoravayh ibn Ahmad
Misrning Tuluniy amiri
896
Vorisi:
Horun ibn Xumoravayh