Kontent qismiga oʻtish

Abul Faraj al-Isfahoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abul Faraj al-Isfahoniy (arabcha: أبو الفرج الأصفهاني; Abul Faraj al-Isfahoniy Eronning janubida joylashgan Isfahon shahrida 897-yili tavallud topgan. — 967.21.11, Bagʻdod). Umaviylarning Marvon II naslidan. Arab adabiyoti sheʼriyati va tarixi boʻyicha yetuk olim boʻlgan.

Abul Faraj al-Isfahoniy butun o‘zining ijodida bir qator sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Xususan, tibbiyot, tarix, falsafa, geografiya, astronomiya va musiqa bo‘yicha 30 dan ortiq risolalar yozib qoldirgan. Faoliyati davomida musiqaga bag‘ishlangan 7 ta risola yozgan. Ularning ichida eng mashhuri «Qo‘shiqlar kitobi» («Kitab ul-ag‘ani») deb nomlangan bo‘lib, oldin yaratgan 6 ta kitobga kirgan ma’lumotlarning aksariyatini qamrab olgan. 6 ta musiqa haqida kitoblarining nomlari quyidagicha: «Faqat qo‘shiqlar haqida kitob», «Tinglash haqida kitob», «Xonandalar kitobi», «Mashhur xonandalar haqida kitob», «Kuy haqida kitob» va «Ashulalar haqida kitob».[1] [2].

  1. BASTAKORLAR IJODI, SOIBJON BEGMATOV. Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi». TOSHKENT: NISO POLIGRAF, 2017 12-bet. ISBN 978-9943-4870-8-6. 
  2. „Abul Faraj al-Isfahoniy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.