Abubakr Divayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abubakr Ahmadjonovich Divayev (1855.7.12, Orenburg - 1933.5.2, Toshkent) — turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 1876 yilda Turkiston oʻlkasiga tarjimon sifatida yuborilgan. Dastlab, Avliyoota uyezdining uchastka nazoratchisi. Sirdaryo obl. general-gubernatori huzurida tarjimon va maxsus topshiriqlar bilan shugʻullanuvchi kichik amaldor. Qozoq tilini oʻrgangan. Divayev Turkistonni kezib, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz xalqlarining etn. si, folkloriga oid materiallar toʻplagan, ularning koʻpini tarjima qilib, sharhlar bilan nashr ettirgan. Sharq instituti, Oʻrta Osiyo davlat universitetini tashkil etishda qatnashdi, shu oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchilik qildi. Turkiston oʻlkasi muzeyida etn. va arxeologiya boʻlimini boshqardi. Madaniyat yodgorliklarini saqlash, tarix, etn. va xalq badiiy ijodini oʻrganish sohasida Moskva, Qozon va Toshkentda ish olib borgan davlat va jamoatchilik ilmiy tashkilotlarining faol aʼzosi. "Sirdaryo oblasti statistikasi uchun materiallar toʻplami" (1 —13-jildlar, 1891 — 1907)ga D.ning muhim etnografik tadqiqotlari kiritilgan. Divayev "Botirlar" (1922) qahramonlik eposini yaratgan. Divayev asarlari Turkiston xalqlarining moddiy va maʼnaviy madaniyatini oʻrganishda muhim rol oʻynadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Istoriografiya obshestvennix nauk v Oʻzbekistane, T., 1974.

,