Noil Abubakirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abubakirov Noil Qodirovichdan yoʻnaltirildi)

Noil Qodirovich Abubakirov (3-may 1919, Qoʻqon — 6-dekabr 1998, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi mux-bir aʼzosi (1979). Kimyo fanlari direktori (1961), professor (1964), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1941). Oʻzbekiston fanlar akademiyasi kimyo institutida ilmiy xodim (1946-56), Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida direktor oʻrinbosari (1956-65, 1980-83), shu institut glikozidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1956-90), 1990-yildan bosh ilmiy xodim. A. rahbarligida yurak glikozidlari — strofantin va uzargenlar sintez qilindi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abubakirov Noil Qodirovich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil