Abubakar Nurmagomedov
Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 1989-yilning 13-noyabrida Dogʻistonning Goʻksuv hududida dunyoga kelgan. Abubakar Nurmagomedov rossiyalik aralash uslubdagi jangchi, yarim oʻrta vazn toifasi vakili hisoblanadi.
Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 2011-yildan buyon professional darajadagi janglarda ishtirok etib, WSOF, PFL, UFC jangovar tashkilotlari turnirlarida va boshqa bir qancha aksiyalarda ishtirok etishi bilan tanilgan. Abubakar shuningdek, unvonli sambist, jangovar sambo boʻyicha Rossiya chempioni, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlib, oʻz statistikasida biror marta magʻlubiyatga uchramagan rossiyalik jangchi, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abubakar Nurmagomedov 1989-yil 13-noyabrda Dogʻistonning Xasavyurt tumanidagi Goʻksuv qishlogʻida tugʻilgan. Etnik kelib chiqishi boʻyicha u avar millatiga mansub boʻlib. Abubakar Magomedovich sportchilar oilasida oʻsgan hamda bolaligidan erkin kurash bilan shugʻullangan. Abubakar Nurmagomedov maktabni tugatgach, jangovar sambo boʻlimiga oʻqishga kirgan va amakisi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov qoʻl ostida tahsil olgan. Bir necha bor jangovar sambo boʻyicha Dogʻiston va Rossiya chempioni boʻlgan Abubakar Nurmagomedov 2014-yilda Moskvada oʻtkazilgan jangovar sambo boʻyicha jahon chempionatida 82 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2][3][4].
Professional karerasining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 2011-yil oktabr oyida professional aralash yakkakurash sport turi boʻyicha debyut qilgan hamda Xasavyurtda boʻlib oʻtgan ProFC turnirida bu sportchi birinchi raundda Ibragim Jantuxonovni tirsak tutqichi bilan magʻlub etgan. Keyingi uch yil ichida u Rossiyaning turli promoushinlarida yana bir nechta gʻalabalarni qoʻlga kiritgan. U professional faoliyatidagi birinchi magʻlubiyatini 2014-yil sentyabr oyida Sochidagi turnirda qabul qilib olgan. Boʻlajak UFC jangchisi dogʻistonlik Magomed Mustafoev bilan jangda Abubakar Nurmagomedov qattiq jarohat olgan va ikkinchi raundda shifokor jangni toʻxtatishga majbur boʻlgan.
World Series of Fighting[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toʻqqiz gʻalaba va faqat bitta magʻlubiyatdan iborat rekord bilan Nurmagomedov 2015-yilda Amerikaning yirik jangovar tashkiloti bilan shartnoma imzolagan. U World Series of Fightingdagi debyutini amerikalik Xorxe Moreno ustidan gʻalaba qozonish bilan boshlagan. Abubakar Magomedovich keyin yana bir amerikalik sportchi Denni Devis Jr ustidan gʻalaba qozondi. 2016-yilda u WSOFda yana ikkita gʻalabaga erishdi, avstraliyalik Metyu Frinkni texnik nokaut bilan magʻlub etdi va tajribali AQSh vakili Jon Xovardni magʻlub qilgan[5][6][7][8].
Ultimate Fighting Championship[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yil 9-noyabrdagi Moskvadagi Abubakar Nurmagomedovning Devid Zavada bilan UFCdagi debyut jangi boʻlib oʻtdi. Jangning birinchi raundidayoq Abubakar Zavada tomonidan amalga oshirilgan „uchburchak“ ushlagichiga tushib, taslim boʻlganini bildirgan. Shu tariqa, Abubakar UFCdagi debyut jangida boʻgʻilish orqali magʻlub boʻlgan[9].
UFC 229 dagi jang[tahrir | manbasini tahrirlash]
UFC 229 musobaqasida Abubakarning akasi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng oktagondan sakrab chiqib, Dillon Danisga otildi, natijada jangchilar jamoalari oʻrtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Janjal paytida Abubakar sakkizburchak toʻrga chiqib oldi, natijada u MakGregordan yuziga zarba oldi. Buning ortidan Makgregor va Zubayra Tuxugov hamda Esed Emiragaev oʻrtasidagi jang boʻlib oʻtdi, shundan soʻng Abubakar Makgregorga ikkinchi marta hujum qildi, ammo ikkinchisining yana bir qarshi zarbasiga duch keldi[10][11][12]. 2019-yilning yanvarida Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) jangchini 12 oyga diskvalifikatsiya qildi va mushtlashuvda qatnashgani uchun 25 ming dollar jarimaga tortdi. Diskvalifikatsiya muddati 2018-yil 6-oktabrdan yaʼni jang boshlangan paytdan boshlab hisoblangan. 2019-yil 22-may kuni Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) diskvalifikatsiyani 35 kunga qisqartirishga qaror qilgan[13].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Илья Соболев. „Двоюродный брат Хабиба Нурмагомедова с поражения дебютировал в UFC“. Российская газета (9-noyabr 2019-yil). 27-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-noyabr 2020-yil.
- ↑ „2014 Combat Sambo World Championships“. profc.com.ua. 12-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Combat sambo Russian nationals“. svsmma.ru. 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2013-yil.
- ↑ Вика Булахава. „Абубакар Нурмагомедов. Проверка сил“. Russian Chicago (31-iyul 2015-yil). 25-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-dekabr 2016-yil.
- ↑ „American debut Nurmgagomedov's“. tapology.com. 31-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
- ↑ „Nurmgagomedovs vs. Danny Davis Jr.“. tapology.com. 13-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-dekabr 2015-yil.
- ↑ „WSOF 30 fills out preliminary card in Las Vegas, including Abubakar Nurmagomedov“. mmajunkie. 22-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2015-yil.
- ↑ „With 3-hour broadcast, 6-bout WSOF 33 main card complete with Nurmagomedov-Howard“. mmajunkie.com. 16-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Брата Нурмагомедова задушили за две минуты в первом бою в UFC“. Известия (9-noyabr 2019-yil). 1-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
- ↑ „Khabib's cousin Abubakar Nurmagomedov shows damage inflicted on him by Conor McGregor“. JOE. Qaraldi: 7-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Dana White's Warning Message To Khabib Nurmagomedov After UFC 229 Match“ (en) (7-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 8-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Васильев, Руслан „На Макгрегора напали после боя. Кто эти люди?“. sport.business-gazeta.ru. 9-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Jesse Holland. „Khabib Nurmagomedov suspended nine months, fined $500k for UFC 229 brawl in Las Vegas“. mmamania.com (29-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.