Abu Said Muhammad Rumiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu said muhammad rumiydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abu Said Muhammad Rumiy (Paxlavon) (15-asr) – hirotlik olim, shoir, sozanda-bastakor, xonanda. Hirotlik mashhur bastakor – xonanda Us t a Shodining shogirdi. U hayotining ko‘p qismini Hirot (Husayn Boyqaro saroyi)da o‘tkazgan. Alisher Navoiy rahnamoligida ijod qilgan. Qirq sho-girdiga har kuni ilmi faroiz (mat.)dan, ohangdoshlik (prosodiya) va imlo – inshodan, go‘shtgir (pahlavon)likdan, ilmi musiqiydan ta’lim bergan. Uning Rost maqomining panjgoh qismidagi qo‘shiqlari g‘oyat yoqimli va mashhur. Abu Said Muhammad Rumiy (Paxlavon)ning ijrochilik va bastakorlik faoliyati Navoiyning "Holoti Paxla-von Muhammad" asarida yoritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu Said Muhammad Rumiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil